uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Uzinsurance” Vakili Jahonda Nufuzli BoʻLgan Uyushma RoʻYxatining Yuqori OʻRinlarini Band Etdi

image

“UZINSURANCE” vakili jahonda nufuzli boʻlgan uyushma roʻyxatining yuqori oʻrinlarini band etdi

    Malakali kadr har qanday sohaning taraqqiyotini belgilovchi muhim omil.  “UZINSURANCE” kompaniyasi transformatsiya doirasida xodimlarining nafaqat mamlakatda kuzatilayotan moliyaviy jarayonlar talablariga balki, xalqaro darajada tan olinadigan reyting va sertifikatlarga ega boʻlishiga eʼtibor berib kelmoqda.  
    Kompaniyaning ichki audit xizmati katta auditori Feruz Gʻulomov 2021-yil dekabr oyida ACCA diplomi boʻyicha eng yaxshi natijalarga ega talabalari roʻyxatidaOʻzbekiston boʻyicha birinchi va jahon boʻyicha 38-oʻrinni egalladi.  
1904-yilda asos solingan ACCA (The Association of Chartered Certified Accountants) – moliya va hisob, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni birlashtirgan global professional uyushmadir. Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi – jahonda moliya mutaxassisligini rivojlantirishdan iborat. 
    ACCA kvalifikatsiyasi, shubhasiz, dunyodagi eng nufuzli va obroʻlilardan biri hisoblanadi. U moliyaviy direktorlar, top-menejerlar, bosh buxgalterlar, buxgalterlar, ichki va tashqi auditorlar, moliya va soliq mutaxassislari, shuningdek, professional moliyaviy taʼlim olishni, moliyaviy hisobotlarning halqaro standartarini mukammal egallashni va biznesning turli yoʻnalishlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishni xohlovchi oliy oʻquv yurti talabalariga moʻljallangan. ACCA dasturlari moliyaviy buxgalteriya hisobini, moliyaviy hisobotlarning halqaro standartariga muvofiq hisobot berish amaliyotini chuqur oʻrganishga qaratilgan.
    Feruz Gʻulomovning moliya sohasida katta nufuzga ega boʻlgan uyushma reytingida yuqori oʻrinlarga ega boʻlishi albatta, kompaniyada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning  salohiyatidan darak beradi.

Axborot xizmati