uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Uzinsurance”: Mijozlar Kompaniya Xizmatidan Rozimi?

image

“UZINSURANCE”: mijozlar kompaniya xizmatidan rozimi?

    Dunyo sugʻurta bozorining rivojlanishi toʻgʻridan-toʻgʻri iqtisodiy tendensiyalarga bogʻliq. Moliya sohasidagi inqirozli holatlar, valyuta narxi beqarorligi, narx konyunkturasining almashishi – bular sugʻurta bozori, umuman har bir sugʻurta kompaniyasiga bevosita taʼsir qiluvchi omillar. 
    Soʻnggi yillarda tabiiy ofatlar sonining ortishi, sayyoramizdagi iqlim oʻzgarishlari, sanoatning rivojlanishi, jahonda koronavirus pandemiyasining tarqalishi va boshqa omillar sugʻurta bozori ishtirokchilarini yangi yondashuvlar asosida faoliyatni tashkil etishga undamoqda. Shu bois, “UZINSURANCE” kompaniyasida innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi va yangi dasturlarning ishlab chiqilishini bozor talabiga yarasha javob deya baholash mumkin. 
    Xoʻsh, kompaniya yilni qanday natijalar bilan yakunlayapti? Mijozlar kompaniya xizmatidan rozimi? Bu savollarga javobni 2021-yil boshidan shu paytga qadar toʻlangan sugʻurta tovonlari misolida keltirib oʻtamiz. 
    Kompaniya tomonidan joriy yildan hozirgi kunga qadar yaʼni, 2021-yil 1-yanvardan 15-dekabr holatiga 5589 ta shartnoma (sugʻurta polisi) boʻyicha, barcha sugʻurta turlariga 26 milliard 815 million 499 ming soʻmlik toʻlov amalga oshirildi. Toʻlovlarni yoʻnalishlar kesimida tahlil qilamiz. 
    TVEFJMS (avtomobil sugʻurtasi) turiga 1018 ta sugʻurta polisi uchun 7 milliard 612 million 342 ming soʻm, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtasi (IBFJMS) boʻyicha 80 ta shartnomadagi sugʻurta majburiyatiga 4 milliard 806 million soʻm, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sugʻurtasiga 109 ta shartnomada koʻrsatilgan majburiyat boʻyicha 3 milliard 698 million 700 ming soʻm va boshqa sugʻurta turlarida 4380 ta sugʻurta polisi boʻyicha 10 milliard 708 million soʻm sugʻurta tovonlari toʻlab berildi. 
    Albatta, sugʻurta kompaniyasining toʻlov qobiliyati unga boʻlgan ishonchni mustahkamlovchi muhim omil.  Shu bois, kompaniya toʻlovlar masalasiga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda. 
    Yana bir muhim jihat borki, u ham boʻlsa xizmat koʻrsatishda sifat darajasidir.  2021-yilda kompaniya tomonidan xizmat koʻrsatish koʻlamini mamlakatimizning eng chekka hududlariga qadar kengaytirish, ayniqsa, qishloq aholisining sugʻurtaviy himoyasini taʼminlash ustuvor vazifaga aylandi. Joylarda sugʻurta madaniyatini shakllantirish, odamlarda ushbu xizmatdan foydalanish koʻnikmasini hosil qilish uchun eng avvalo tashkilotlararo hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Natijada tushumlarda ham, toʻlovlarda ham oʻsish kuzatildi. Zero, kompaniya uchun “har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor”. 

Axborot xizmati