uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Yaxshidan Bogʻ Qoladi...

image

Yaxshidan bogʻ qoladi...

    “UZINSURANCE” kompaniyasining hududlaridagi filiallari va uning sugʻurta markazlari tomonidan joylarda mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez oʻsuvchi koʻchatlar ekilmoqda. Kompaniyaning Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi filiallari tomonidan daraxt koʻchatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi.

    — Prezidentimiz tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasini oʻtkazish boʻyicha berilgan taklifdan kelib chiqqan holda, Jamiyat Boshqaruvi raisi oʻrinbosari raxbarligida shu bugunning oʻzida 30 tup mevali va manzarali daraxtlar ekib, ushbu ezgu loyixaga oʻz xissamizni qoʻshdik, deydi “UZINSURANCE” Namangan viloyati filiali rahbari Ahadjon Mirzayev.

    Koʻchat ekib, bogʻ yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Koʻchat oʻtkazgan bilan u koʻkarib qolmaydi. Yosh niholga alohida eʼtibor zarur. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, kompaniya xodimlari oʻtkazilgan har bir koʻchatni yil davomida parvarishlashga kelishib oldilar. 

    — "Yashil makon" umumloyihasi doirasida Muzrabot sugʻurta markazi jamoasi jami 100 tub mevali va manzarali koʻchat ekish rejalashtirgan boʻlib, bugun 50 tub archa, terak, chinor, tut, jiyda, yongʻoq koʻchatlari ekildi. Ushbu koʻchatlar Muzrabot tumani iqlimi uchun juda qulay va tez rivojlanadi. Ushbu loyiha Toshkentdan kompaniyaning rahbar xodimlari bilan birgalikda tashkil etildi.. Bunday savobli va ezgu amallar koʻproq boʻlib turishi tarafdoriman, — deydi kompaniyaning Muzrabot tumani sugʻurta markazi menejeri Isanov Erkin.

    Taʼkidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni taʼminlashga koʻmak berishi bilan ahamiyatlidir.       

   Yashil hudud bunyodkorlari oʻz yashash hududlari, tuman va shahar markazlariga, iqlim sharoitlaridan kelib chiqib eman, yapon saforasi, katalpa, shumtol, qayragʻoch, pavloniya, zarang, akatsiya, terak, chinor, tut, jiyda, yongʻoq va boshqa mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekmoqda.

    Kompaniyaning Andijon viloyati filiali xodimlari tomonidan yangidan barpo etilayotgan "Yangi Andijon" masssiviga 100 tup pavloniya daraxti koʻchatlari ekildi.

                Savobli loyiha yaxshi amallarga ulanib ketdi.    Buxoro viloyatidagi “UZINSURANCE” filiali binosi atrofi va Buxoro tumanidagi sugʻurta markazi yaqinida jami 80 tup daraxt ekildi. Xususan, 20 ta  qayragʻoch, 10 tup igna bargli archa va yana 10 tupdan shaftoli, olma va qaroli koʻchatlari oʻtqazildi.       Loyiha doirasida uzoq yillar kompaniya tizimida ishlab, hozirgi kunda nafaqada boʻlgan Barakayev Fatullo bobo xonadoniga tashrif buyurildi.

    — Fatullo bobo oz emas, koʻp emas 25 yil kompaniyamizning Buxoro filialida faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqanlar. Bugungi savobli loyiha bahonasida kompaniyamizning faxriy xodimi holidan  xabar olindi. Ularga eng zarur mahsulotlarni oʻzimiz bilan keltirdik. Gap sovgʻada emas, eʼtiborda. Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Fatullo bobo tomorqasida qariyb 20 tup oʻrik, shaftoli, olma, va olcha daraxtlari ekildi. Ertaga  Qorovulbozor tumanida yana 100 tup mevali va manzarali daraxt ekishni reja qilganmiz, — deydi “UZINSURANCE” Bashqaruv raisining oʻrinbosari Bekzod Axadov.

     Muxtasar qilib aytganda, “UZINSURANCE” kompaniyasi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish, koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan dolzarb 40 kunlik ishlariga oʻz hissasini qoʻshmoqda.

“UZINSURANCE” Axborot xizmati