uz
  • info@agros.uz
  • 1186

SugʼUrtа Firibgаrligi Nimа?

image

SUGʼURTА FIRIBGАRLIGI NIMА?

    "Sugʼurta firibgarligi" iborasi koʼpincha sugʼurtalanganlarning firibgarligi haqida gapirganda ishlatiladi - bu sugʼurta kompaniyasi mijozi noqonuniy ravishda pul olmoqchi boʼlgan holatlardir. Biroq firibgarlikka sugʼuratalanishni istovchilar yoki sugʼurta qildirib boʼlganlar ham duch kelishi mumkin.
Qalbaki polislar savdosi
Bu ayniqsa TVEFJMS (OSАGO) polislari uchun dolzarb muammodir. Masalan, kimdir avtomobil sotib olib, uni roʼyxatdan oʼtkazmoqchi. Yoʼl-yoʼlakay koʼchadagi agentlarga duch keldi va polisni haqiqiy narxidan bir oz arzonroqqa sotib oldi. Rasman bunday polis blanki haqiqiy, biroq sugʼurta kompaniyalarida u yaroqli emas deb roʼyxatga olinadi (yoʼqolgan). Mijoz uning qalbaki ekanligini bilmay, bunday polis bilan yil davomida harakatlanib yurishi mumkin. Muammolar sugʼurta hodisasi sodir boʼlganda boshlanadi. Bunday polis bilan zararlarni qoplashning imkoni yoʼq.