uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Karantin Davrida 3,7 Milliarddan Ortiq Sug’Urta Tovonlari Mavjud

image

Karantin davrida 3,7 milliarddan ortiq sug’urta tovonlari mavjud

Karantin davrida "O’zagrosug’urta" AJning joylardagi filiallari hamda bo’linmalariga jismoniy va yuridik shaxslardan da’vo arizalari kelib tushishi davom etmoqda.

Ushbu sinovli kunlarda har bir murojaatni  qisqa muddatda ko’rib chiqish va to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirish masalasi kompaniyada ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda mijozlarga to’lov hujjatlarini elektron taqdim qilish imkoniyati yaratilgan. Bu esa yuridik va jismoniy shaxslarga ortiqcha ovoragarchiliksiz sug’urta qoplamasini olish uchun qo’l kelmoqda.

Tezkor va sifatli xizmat ko’rsatish borasidagi ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida kompaniyada 2020 yil 1 apreldan shu kunga qadar jami 1 milliard 227 million so’mlik sug’urta tovoni to’ladi.

Shundan, “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urta qilish” turidan 236,2 million so’m, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urta qilish”  bo’yicha jami 644,5 million so’m sug’urta tovoni to’lab berildi. 

Bundan tashqari, 2019 yil paxta kam hosilligi sug’urtasi turidan 4 ta fermer xo’jaliklariga 243,6 million so’mlik zarar qoplandi.

Boshqa sug’urta turlari bo’yicha 62 ta da’vo arizasi o’rganib chiqildi. Unga ko’ra jami 104,5 million so’m sug’urta tovonlari to’lab berilgan.

Navbatdagi muhim ma’lumot shuki, "O’zagrosug’urta" aktsiyadorlik jamiyatida yana 2,5 milliard so’mdan ortiq sug’urta tovonlari aniqlangan bo’lib, ushbu to’lovlar qisqa muddatda o’rnatilgan tartibda to’lab berildai.

 "O’zagrosug’urta" AJ

Axborot xizmati