uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Jamiyat boshqaruvi

  • Boshqaruv raisi

    Rasulov Shuxrat Gayratovich

  • Fuqarolarni qabul qilish kunlari

    Juma soat 15:00 dan 17:00 gacha

  • Telefon

    (71) 203 20 22

  • Elektron pochta

    info@agros.uz

1994 y. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Iqtisodiy tahlil bo‘limida 1-toifali iqtisodchi
1994 y. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Tijorat banklarida kreditni muvofiqlashtirish va qayta moliyalashtirish shu’basi 1-toifali iqtisodchi
1994-1995 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Tijorat banklarida kreditni muvofiqlashtirish va qayta moliyalashtirish  shu’basi yetakchi iqtisodchi
1995 y. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Statistika shu’basi mudiri vazifasini bajaruvchisi
1995 y. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Statistika shubasi mudiri 
1995-1997 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Tijorat banklarida Iqtisodiy taxlil bo‘limi boshlig‘i
1997-1998 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Tijorat banklarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
1998-2002 yy. - “O‘zsanoatqurilishbank” Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali boshlig‘i o‘rinbosari
2002 y. - Aktsiyadorlik-tijorat banki “Aloqabank” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i o‘rinbosari
2002-2003 yy. - Aktsiyadorlik-tijorat banki “Aloqabank” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i
2003-2005 yy. - Davlat aktsiyadorlik “Uyjoyjamg‘armabank” Qoraqalpoq filiali boshqaruvchisi
2005-2009 yy. - Aktsiyadorlik-tijorat “Ipoteka bank” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshqaruvchisi
2009 y. - Aktsiyadorlik-tijorat “Ipoteka bank” Kreditlash departamenti direktori o‘rinbosari
2009 y. - Ochiq aktsiyadorlik-tijorat “Turonbank” boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi
2009-2015 yy. - “Turonbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari
2015-2016 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2016 y. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari - Boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi 
2016-2017 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2017 y. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari - Boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
2017-2018 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari 
2018-2022 yy. - “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2022 yildan h.v. - "O'zagrosug'urta" AJ Boshqaruvi raisi

  • Jamiyatning kundalik faoliyatini boshqarishda berilgan vakolatlari doirasidan chiqmaslik, Kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yig’ilish qarorlari ijrosi vakolatlariga rioya qilgan holda kundalik ish faoliyatini tashkil qilish;
  • Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi qarorlari ijrosini ta’minlanishini tashkillashtirish.Amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarda Jamiyatda faoliyat ko’rsatayotgan barcha sohaviy xizmatlar hamkorligini tashkillashtirish;
  • Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida lozim bo’lgan barcha choralarni ko’rish;
  • Jamiyatning biznes rejalari va dasturlarini ishlab chiqarishda rahbarlik qilib, ularni yanada rivojlantirish maqsadida belgilangan chora-tadbirlarni sifatli ijrosini tashkillashtirishi va alohida nazorat qilish;
  • Kuzatuv kengashi, jamiyatning taftish komissiyasi yoki audit xizmati tomonidan Jamiyat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xolatlarda talab qilingan xo’jalik va moliyaviy yo’nalishlar bo’yicha hujjatlarni zudlik bilan taqdim etilishini ta’minlash;
  • Jamiyatning sohaviy xizmatlarini zamon talablariga javob beradigan, ishbilarmon, bilimdon va malakali kadrlarni yollash, tarbiyalash va joy-joyiga qo’yish;
  • Belgilangan muddatda aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi a’zolariga Jamiyat faoliyatini yorituvchi hisobotlarni taqdim etish;
  • Jamiyatning jamoa shartnomasi talablariga rioya qilgan holda, jamoa   shartnomalari va kelishuvlarda qatnashib, lozim bo’lganda ish beruvchining vakillari ishtirokini tashkillashtirish;
  • Jamiyatning Buxgalteriya hisob va hisobotlarini haqqoniyligini tashkillashtirish va ta’minlash, yillik va boshqa moliyaviy hisobotlarni nazorat idoralariga o’z vaqtida va talab darajasida taqdim etish, Jamiyat faoliyati haqida aktsiyadorlar, Kuzatuv kengashi va boshqa yuqori  idoralarga so’ralgan kerakli ma’lumotlarni taqdim etish.
  • Boshqaruv raisi o‘rinbosari

    Yusupov Alisher Nasirdjanovich

  • Fuqarolarni qabul qilish kunlari

    Payshanba 16:00-18:00

  • Telefon

    (71) 203 20 22

  • Elektron pochta

    info@agros.uz

Yusupov Alisher Nasirdjanovich
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari

    1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 2000 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2002 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2006 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat va mahalliy iqtisodiyot, sug‘urta ishi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a'zosi.

MEHNAT FAOLIYATI

    2001-2004 yillar - “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hayotni va salomatlikni sug‘urtalash departamenti mutaxassis-shogirdi, sug‘urta polislarini sotish bo‘yicha markaz mutaxassis-shogirdi, anderrayteri, Toshkent shahar filiali-bosh anderrayterlik agentligi sug‘urta polislarini sotish bo‘yicha markaz anderrayteri;
    2003-2006 yillar - Toshkent moliya instituti aspiranti;
    2008-2011 yillar - “Advanced Financial Solution Research” mas'uliyati cheklangan jamiyatining investisiya-bank loyiha bo‘limi menejeri; 
    2011-2015 yillar - “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (ochiq aksiyadorlik jamiyati), Boshqaruvining strategik rivojlantirish va marketing departamenti bosh menejeri vazifasini bajaruvchisi, bosh menejeri;
    2015-2017 yillar - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvining Strategik rivojlantirish, marketing va sifatni boshqarish departamenti bosh menejeri;
    2017 yil - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi;
    2017 yildan - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari.

  • Jamiyatning filiallari va tuman, shahar bo‘linmalari ish faoliyatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha;
  • Ma’muriy xo‘jalik bo‘limi faoliyatlari bilan bog`liq ishlarni;
  • Jamiyatning, filiallar hamda hududiy bo‘linmalarning yillik, choraklik  daromadlar na harajatlar biznes rejasining prognozlarini bajarilishini;
  • O‘z yo‘nalishlarida yangi elektron dasturlar ishlab chiqish va joriy etilishini;
  • Davlat organlari, soliq idoralari, statistika, moliya vazirligi, mehnat bo‘limlari va boshqa tashkilotlarga o‘rnatilgan tartibdagi hisobotlarga belgilangan muddatlarda topshirilishi nazorat qilish;
  • Boshqaruv Raisining o‘rinbosari qonun hujjatlari va Jamiyatning ichki me’yoriy hujjatlari hamda Boshqaruv Raisining topshirig`iga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
  • Boshqaruv raisi o‘rinbosari

    Axadov Bekzod Abdurafikovich

  • Fuqarolarni qabul qilish kunlari

    Chorshanba 16:00-18:00

  • Telefon

    (71) 203 20 22

  • Elektron pochta

    info@agros.uz

Axadov Bekzod Abdurafikovich
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari

    1980 yil Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 2002 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2003 yil O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisiligi moliya, bank ishi magistri.

MEHNAT FAOLIYATI

    1997-1999 yillar - Aksiyadorlik tijorat bank “Parvinabank” Toshkent shahar bo‘limi Iqtisod-kredit bo‘limi stajyori, 2-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi;
    1999-2000 yillar - “Asakabank” Korporativ mijozlar bilan ishlash boshqarmasi Savdoga oid moliyalashtirish bo‘limi mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi;
    2000-2001 yillar - “Asakabank” Korporativ mijozlar bilan ishlash boshqarmasi SVIFT bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i;
    2001-2005 yillar - “Asakabank” davlat-aksiyadorlik tijorat banki Toshkent shahar filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari;
    2005-2007 yillar - “Asakabank” davlat-aksiyadorlik tijorat banki Shayxontohur filiali boshqaruvchisi;
    2007-2009 yillar - “Asakabank” davlat-aksiyadorlik tijorat banki Xalqaro hamkorlik va eksport-import amaliyotlari departamenti boshlig‘i;
    2009-2017 yillar - “Asakabank” aksiyadorlik tijorat banki Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta amaliyotlari departamenti boshlig‘i;
    2018 yil - “Asakabank” aksiyadorlik tijorat banki Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti boshlig‘i;
    2018 yildan - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari.

  • Tovarlarni rivojlantirish strategiyasi, bozor va bozor tendensiyalarini o‘rganish ishlariga rahbarlik qilish;
  • Biznes-rejalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
  • O'z vakolatlari doirasida davlat va boshqaruv organlari bilan o'zaro hamkorlikda ishlashni tashkil qilish;
  • Boshqaruv Raisining o‘rinbosari qonun hujjatlari va Jamiyatning ichki me’yoriy hujjatlari hamda Boshqaruv Raisining topshirig`iga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
  • Jamiyat ish faoliyatiga innovatsiyalarni, yangi sug'urta mahsulotlarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish ishlarini muvofiqlashtirish.