ru
  • info@agros.uz
  • 1186
×
ru

Центральный аппарат

  • Руководитель исполнительного аппарата

    Болтаев Шухрат Ахмедович

  • Дни приема граждан

    Понедельник - Пятница 09:00-18:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    sh.boltayev@agros.uz

None

Apparat boshlig‘i quyidagi ishlarni bajaradi:

  • Ijro etuvchi apparatning umumiy boshqaruvini amalga oshiradi, ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Ijro etuvchi apparatga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan mas’uldir;
  • Boshqaruv raisi faoliyatining ma’muriy boshqaruvini tashkiliy-texnik ta’minotiga oid ishlarni amalga oshiradi;
  • Jamiyat rahbar organlarining qarorlarini bajarish bosqichlarini tahlil qiladi;
  • Ijro etuvchi apparat tomonidan ijro uchun hujjatlarni tayyorlash ishini amalga oshiradi;
  • Jamiyatning tuzilmaviy, ixtisoslashgan va hududiy bo‘linmalarida ijro intizomini nazorat qilishni tashkillashtirilishi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • Ijro etuvchi apparat faoliyatida erishilgan natijalarni baholaydi, kamchiliklar va hal etilmagan muammolarni bartaraf etish uchun ta’sirchan choralarni ko‘radi;
  • ijrodagi hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvni amalga oshiradi;
  • Boshqaruv raisiga bildirish uchun uning nomiga kelgan hujjatlar, yozishmalar, yuqori tashkilot va idoralarning topshiriq hamda xatlarini ko‘rib chiqadi, ijroga yo‘naltiradi va javob tayyorlaydi;
  • Boshqaruv raisi imzosi bilan chiquvchi yozishmalar va boshqa hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tayyorlanishi nazoratini amalga oshiradi hamda ijrosini ta’minlaydi;
  • Boshqaruv raisining qabuliga tashrif buyuruvchilarning uchrashuvini tashkillashtiradi, Jamiyat xodimlarining so‘rov va takliflarini tezkor ko‘rib chiqilishiga ko‘maklashadi;
  • davlat tashkilotlari, kompaniya, firma, bank, xalqaro moliyaviy institut va boshqa tashkilotlarning vakillari bilan muzokara olib borishni tashkillashtiradi;
  • Boshqaruv raisi huzurida o‘tkaziladigan majlis, yig‘ilish va tadbirlarga tayyorgarlik bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi;
  • Jamiyatning tuzilmaviy bo‘linmalari shu jumladan, hududiy filiallaridan ijro etuvchi apparatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va materiallarni oladi va/yoki tayyorlaydi (umumlashtiradi);
  • Jamiyat tizimida ish yuritish, hujjatlar almashinuvi va ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishga va joriy etishga ko‘maklashadi;
  • zamonaviy boshqaruv usullarini qo‘llash asosida Ijro etuvchi apparat ishini takomillashtiradi, xodimlarning malakasini oshirishni tashkillashtiradi;
  • topshirilgan ishlar o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilishini xodimlardan talab qiladi hamda nazoratga oladi;
  • Ijro etuvchi apparatda mehnat va ijro intizomiga amal qilinishini nazorat qiladi;
  • “O‘zagrosug‘urta” AJni transformatsiya qilish, korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tegishli vazifalarni Apparat xodimlari bilan birgalikda o‘z vaqtida va sifatli bajaradi;
  • xizmat vazifalari bilan bog‘liq Boshqaruv raisining boshqa topshiriqlarini bajaradi.
  • Директор департамента по работе с персоналом

    Эшбаев Қаҳрамон Каримович

  • Дни приема граждан

    Четверг с 16:00 по 18:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    e.qahramon@agros.uz

None

 Xodimlar bilan ishlash departament direktori quyidagi vazifalarning ijrosini tashkil qiladi:

  • departamentga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarning bajarilishi bo’yicha ishlar;
  • departamentning ish rejasini tuzish va tasdiqlash bo’yicha ishlar;
  • tarkibiy bo’linmalar rahbarlari bilan birgalikda Jamiyat xodimlarini tanlash va joy-joyiga qo’yish, yosh mutaxassislarni qabul qilish va ular o’quv muassasasida olgan mutaxassislik va kasbga muvofiq joy-joyiga qo’yishni, ularni stajirovkasini va ishlab chiqarish faoliyatiga moslashtiradi;
  • xodimlarni mehnat qonunchiligi, nizomlar va yo’riqnomalar, Jamiyat rahbarining farmoyishlari va buyruqlariga muvofiq ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish va lavozimidan ozod etishni rasmiylashtiradi;
  • kadrlarning kasbiy-malaka tarkibi asosida korxonada kadrlarga oid vaziyat dinamikasini muntazam tahlil qilish, uning o’zgarishi va rejali takomillashtirishni prognozini ishlab chiqadi;
  • xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularning kasbiy o’sishini rejalashtirishda ularning ishchanlik va kasbiy fazilatlarini o’rganishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda lavozimlarni to’ldirish tizimlarini ishlab chiqadi;
  • ishga qabul qilingan xodimlarni umumiy va kasbiy moslashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qiladi;
  • barcha boshqaruv darajasidagi kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda unga yakka tartibli rejalar asosida maqsadli tayyorlash, kadrlar zaxirasini vaqti-vaqti bilan baholash hamda ularning rahbarlik lavozimlarini egallashga tayyorligi haqida xulosalar tayyorlash, kadrlar stajirovkasi va rotatsiyasi, ularni maxsus kurslarda o’qitish bo’yicha ishlarni tashkil qiladi;
  • xodimlarni attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkil qilish, attestatsiya natijalarini tahlil qilish hamda attestatsiya komissiyasi qarorlarini amalga oshirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqadi, attestatsiya o’tkazishni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
  • xodimlarni kasbiy o’qitish, qayta o’qitish va malakasini oshirish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi;
  • zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda kadrlar ishining ilmiy-uslubiy ta’minoti, uning moddiy bazasini yangilash, kadrlarni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish bo’yicha ishlarni tashkil qiladi;
  • Departament xodimlari ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, kelib tushgan hujjatlar va xatlarni xodimlar o’rtasida taqsimlaydi;
  • tabelь hisobini yuritish, ta’tillar jadvalini tuzish va tasdiqlash ishlarini amalga oshiradi;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan kadrlar bo’yicha hisobotlar va axborotni mehnat organlari, statistika va boshqa davlat organlari uchun tayyorlanishini ta’minlaydi;
  • Jamiyatning shtatlar jadvalini tegishli bo’linma bilan birga tayyorlaydi va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi, imzolangan buyruqlarga muvofiq ularga o’zgartirishlar kiritadi;
  • mehnat daftarchalari bilan ishlashni, shu jumladan ishga qabul qilinayotganlardan mehnat daftarchalarini qabul qilish, ularning hisobi, saqlashni va mehnat munosabatlari bekor qilinganda ularni berishni tashkil qiladi;
  • xodimlarning mehnat faoliyati masalalari bo’yicha ma’lumotnomalarni so’ralgan joyga taqdim etish uchun ta’minlaydi;
  • Jamiyat xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
  • xizmat safarlarini rasmiylashtirish va hisobini olib borish bo’yicha ishlarni tashkil etadi;
  • Jamiyat tarkibiy bo’linmalarida mehnat intizomi hamda xodimlarning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishi holatini nazorat qilishni tashkil etadi;
  • Departamentda axborot maxfiyligi rejimiga rioya etadi;
  • kadrlarga oid hujjatlarning shakllantirilishi va saqlanishini, hujjatlarni arxivlash va belgilangan tartibda departament bo’yicha ishlar nomenklaturasiga muvofiq arxivga beradi;
  • “O’zagrosug’urta” AJni transformatsiya qilish, korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi “Yo’l xaritasi”da belgilangan tegishli vazifalarni Departament xodimlari bilan birgalikda o’z vaqtida va sifatli bajaradi;
  • departament xodimlarining o’zaro bir-birining vazifalarini bajara olishini ta’minlaydi.
  • Начальник Юридического департамента

    Содиков Бехзоджон Абдусамадович

  • Дни приема граждан

    Четверг с 16:00 по 18:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    b.sodiqov@agros.uz

Информация дана на узбекском

Информация дана на узбекском

  • Руководитель службы внутреннего аудита

    Гуломов Феруз Исломович

  • Дни приема граждан

    Пятница с 15:00 до 17:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    f.gulomov@agros.uz

None
None
  • Директор департамента финансов

    Носыров Максуд Тулкинович

  • Дни приема граждан

    Четверг с 16:00 по 18:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    m.nosirov@agros.uz

    2005-2009 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi
    2010-2012 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Navoiy viloyati direksiyasi axborot tahlil bo‘limi menejer assistenti, 1-toifali mutaxassisi
    2012-2013 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Boshqaruvining pul oqimlarini boshqarish bo‘limi mutaxassisi
    2013-2013 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Boshqaruvining sug‘urta zaxiralari va iqtisodiy tahlil bo‘limi mutaxassisi
    2013-2015 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Boshqaruvining sug‘urta zaxiralari va iqtisodiy tahlil bo‘limi 1-toifali mutaxassisi
    2015-2017 yy. - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvining sug‘urta zaxiralari va iqtisodiy tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, menejeri
    2017-2018 yy. - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvining Moliya departamenti Sug‘urta zaxiralari va aktivlarni boshqarish bo‘limi menejeri
    2018-2019 yy. - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvining Moliya departamenti bosh menejeri
    2019 y. - h.v - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvining Moliya departamenti direktori

Departament direktori quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • Departament va uning tasarrufidagi bo‘limlarni boshqaradi, departamentga yuklatilgan vazifalarni va departament xodimlariga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.
  • Jamiyatning moliyaviy holatini rivojlantirish bo‘yicha biznes-reja loyihalarini ishlab chiqishda rahbarlik qiladi, yillik sug‘urta mukofotlari tushumi loyihalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar, Toshkent shahar filiallari bo‘yicha tasdiqlashga taqdim etilgan daromad hamda harajatlar biznes-reja jamlamalarini to‘g‘ri tuzilishini boshqaradi va bajarilishini nazorat qiladi.
  • Boshqaruv va barcha filiallar bo‘yicha yil choraklari hamda yillik hisobotlarni qabul qiladi, daromad va xarajat bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini iqtisodiy tahlil qiladi, ko‘rsatkichlarni takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.
  • Jamiyatning barcha filiallari tomonidan har bir sug‘urta turi hamda Boshqaruv sug‘urta portfeli bo‘yicha sug‘urta zaxiralarini to‘g‘ri hisoblab shakllantirilishini ta’minlaydi. Jamiyatning sug‘urta zaxiralarini umumlashtiradi.
  • Jamiyat Boshqaruvi va hududiy bo‘linmalarining shtat jadvallariga Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan, cheklangan xodimlar soni doirasida shtat birliklarini tasdiqlash, qisqartirish va tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun Jamiyat rahbariyatiga takliflar kiritadi, tasdiqlangan shtat jadvallarini ijro uchun yuborilishini nazorat qiladi.
  • Sug‘urta turlari bo‘yicha zararlilik darajasini aniqlash, ularni pasaytirish bo‘yicha Jamiyat departamentlari va bo‘limlari bilan birgalikda har bir sug‘urta turi bo‘yicha aktuar hisob-kitoblarni amalga oshirish, sug‘urta tariflarini takomillashtirish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar filiallarida tadbiq etilishini ta’minlaydi.
  • Jamiyat tomonidan tuzilgan shartnomalarni qayta sug‘urtalashga berish maqsadida shartnoma bo‘yicha javobgarlik limiti o‘zida qoldirilgan ulushidan ortiq miqdorini to‘g‘ri aniqlashni nazorat qiladi.
  • Qayta sug‘urtaga berilgan sug‘urta majburiyatlarini umumiy hajmidagi qayta sug‘urtalovchining ulushini aniqlashni ta’minlaydi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008 yil 12 mayda 1806-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq Jamiyatning to‘lov qobiliyati marjasining yetarliligi normativini hisoblaydi, Jamiyatning alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdorini va majburiyatlari jamining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdorini hisoblaydi, Jamiyat aktivlarini joylashtirishga oid talablar bajarilishini tahlil qiladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2007 yil 30 noyabrdagi SB16-02-32/415-sonli “Umumiy sug‘urta va xayot sug‘urtasi sohasida sug‘urta tariflarini hisoblash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” hamda Jamiyat Boshqaruvi Raisi tomonidan 2015 yil 1 martda tasdiqlangan “Polojeniye o metodikax raschota straxovix tarifov” asosida qo‘llaniladigan tarif stavkalarni sug‘urta turlari bo‘yicha zararlilik darajasidan kelib chiqib, aniqlaydi, ularni pasaytirish bo‘yicha tarmoq, departament va bo‘limlar bilan birgalikda har bir sug‘urta turi bo‘yicha aktuar hisob-kitoblarni amalga oshirilishini nazorat qiladi, sug‘urta tariflarini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi, Davlat statistika qo‘mitasi, soliq idoralari, bank muassasalari va boshqa vakolatli tashkilotlarga o‘rnatilgan tartibda Jamiyat faoliyati to‘g‘risida hisobotlar va ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi.
  • O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni
  • 61-moddasiga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishni tashkillashtiradi.
  • O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari bilan shartnoma tuzish va reyting baholarini olish uchun zarur hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishni nazorat qiladi.
  • Jamiyat Boshqaruvining boshqa departament va bo‘limlariga o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlarni beradi.
  • Jamiyat biznes rejasini takomillashtirish bo‘yicha chet el sug‘urta kompaniyalarini ish faoliyatini doimiy o‘rganib, amalda qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
  • Seminar, kengashlarga materiallar tayyorlash va ularda faol qatnashadi.
  • Departamentga kelgan barcha xatlar, ariza va shikoyatlarni ijro etilishi bo‘yicha mas’uldir. Shuningdek mustaqil fikr yuritib, o‘z ustida ko‘proq ijodiy izlanishi, Departamentga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni mukammal o‘rganib, amaldagi qonunchilik doirasida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi tahrirda ishlab chiqilishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
  • Sifat menejmenti tizimini doimiy takomillashtirish maqsadida sug‘urta sohasining moliya yo‘nalishiga oid ilg‘or milliy yoki xorijiy tajribalarni o‘rganish.
  • Главный бухгалтер

    Сайдахмедов Сардор Хикматуллаевич

  • Дни приема граждан

    Пятница с 15:00 до 17:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    s.saidaxmedov@agros.uz

None
None
  • Komplaens nazorat departamenti direktori

    Турамуратов Пулат Зарифович

  • Дни приема граждан

    Пятница с 15:00 до 17:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    p.turamuratov@agros.uz

None
None
  • Директор департамента регионального развития и управления агентскими сетями

    Суюмов Алишер Гофурович

  • Дни приема граждан

    Четверг с 16:00 по 18:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    a.suyumov@agros.uz

None

Departament direktori quyidagi vazifalarning ijrosini tashkil qiladi:

  • Departamentda umumiy boshqaruvni amalga oshiradi, joriy va strategik rejalarni belgilaydi, Departament faoliyatini amalga oshiradi va ishini to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi;
  • Jamiyat Boshqaruvi qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi, tahlil asosida erishilgan natijalarni baholaydi, kamchiliklar va yechilmagan muammolarni yechish uchun Jamiyat ma’muriyati bilan kelishilgan holda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
  • Jamiyatning hududiy filiallari faoliyatini sug‘urta agentlari bo‘yicha joylarda o‘rganadi va tahlil qiladi;
  • Jamiyatning hududiy filiallarini hududlar xususiyatlaridan kelib chiqib, ularda menejment riskini o‘rganadi va ularni barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha Jamiyat Boshqaruvi rahbariyatiga takliflar kiritadi;
  • sug‘urta va sug‘urta agentlari faoliyati bo‘yicha qonun hujjatlarini doimiy ravishda o‘rganib boradi va o‘zi hamda Departament xodimlarining bilimlarini oshirish ustida doimiy ish olib boradi;
  • ijrodagi hujjatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
  • Departamentga yuklatilgan vazifalarni bajarishidan kelib chiqqan holda Jamiyatning hududiy filiallaridan kerakli ma’lumotlarni olish maqsadida ularga yozma va og‘zaki murojaat etib, ma’lumot berilishini talab qiladi va Jamiyat Boshqaruvi rahbariyatiga takliflar kiritadi;
  • Departament ishini zamonaviy menejment asoslariga tayangan holda rivojlantiradi;
  • Departament xodimlari faoliyatini rag‘batlantirish hamda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi uchun Jamiyat Boshqaruvi rahbariyatiga takliflar kiritadi;
  • mehnat hamda ijro intizomini buzmasligini nazorat qiladi, ish yuritilishini tashkil qiladi;
  • Departament faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi;
  • “O‘zagrosug‘urta” AJni transformatsiya qilish, korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tegishli vazifalarni Departament xodimlari bilan birgalikda o‘z vaqtida va sifatli bajaradi;
  • Jamiyat Boshqaruvi raisining buyrug‘i bilan qo‘shimcha funksiya va vazifalar yuklatilishi mumkin.
  • Директор департамента развития информационных технологий и коммуникаций

    Тайлаков Улугбек Норбекович

  • Дни приема граждан

    Четверг с 16:00 по 18:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    u.taylakov@agros.uz

    2007-2011 yy. - O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
    2011-2012 yy. - T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarmoqlar administratori
    2012-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “ZiyoNET” resurs markazi bo‘lim boshlig‘i
    2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Matbuot xizmati yetakchi konsultanti
    2018-2018 yy. - “Yagona integrator UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator, “ZiyoNET” resurs markazi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari
    2018-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘limi yetakchi mutaxassisi
    2018-2019 yy. - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish departamenti bosh menejeri
    2019 y. - h.v. - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish departamenti direktori

Departament direktori quyidagi vazifalarning ijrosini tashkil qiladi:

  • departamentga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi bo‘yicha ishlar;
  • departamentning ish rejasini tuzish va tasdiqlash bo‘yicha ishlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlarning Jamiyatda ijrosini tashkil etish;
  • Jamiyat axborot tizimlaridan optimal foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirish;
  • Jamiyatning asosiy faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tezkor, barcha ma’lumotlarning to‘liq hajmda, faol holatda saqlanishini ta’minlash;
  • Ma’lumotlar bazalariga foydalanuvchilarga ruxsat berish ishlarini tashkil etish va boshqarish;
  • Ma’lumotlar bazalari foydalanuvchilarining vakolatlarini o‘rnatish, ularning huquqlarini boshqarish;
  • Jamiyatning boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan ma’lumot almashish jarayonini boshqarish;
  • Jamiyatda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida, kompyuterlar buzilgan holatlarda ma’lumotlarning saqlanishi va ruxsatsiz kirishlarning oldini olish ishlarida ishtirok etish;
  • Ma’lumotlar bazalarining to‘liq saqlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulotlarning tadbiq etilishi bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirish;
  • Ma’lumotlar bazalarining ishlashini ta’minlovchi dasturiy mahsulotlar va kompyuter qurilmalarining doimiy ish holatidaligini nazorat qilib borish;
  • Dasturiy vositalar va kompyuter qurilmalarida bo‘ladigan ishlamay qolish va buzilishlarni ro‘yxatga olib borish, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish yoki o‘z kuchi bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmaganda zudlik bilan rahbariyatga axborot berish;
  • Ma’lumotlar bazalarini doimiy rezerv arxivini olib borish;
  • Zarurat tug‘ilganda ma’lumotlar bazalarini qayta tiklash;
  • Rahbariyatga Jamiyat uchun zarur yangi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish yuzasidan takliflar kiritish va ushbu jarayonda ishtirok etish;
  • Jamiyat tizimi uchun zarur zamonaviy kompyuter qurilmalari sotib olish, axborotni qayta ishlash, saqlash va himoyalash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
  • Jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tatbiq etilishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Jamiyat rasmiy veb-saytini va jamiyat ish faoliyati bilan bog‘liq boshqa portallarini doimiy ishlashini texnik ta’minlash;
  • Viruslardan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, viloyat filiallari va hududiy bo‘linmalarida antivirus dasturlarining doimiy faol ishlab turishini ta’minlash;
  • Jamiyat ijro etuvchi apparati, viloyat filiallari va hududiy bo‘linmalarida ichki va korporativ pochta tizimlarining doimiy ishlashini ta’minlash;
  • Foydalanuvchilarning kompyuter va orgtexnika qurilmalarining doimiy ishlashini nazorat qilish va texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ish olib borish, Vazirlik tomonidan respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yiladigan topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.
  • Начальник отдела работ

    Саипов Санжар Саипович

  • Дни приема граждан

    Пятница с 15:00 до 17:00

  • Телефон

    (71) 203-20-23

  • Email

    s.saipov@agros.uz

None
None