uz

O‘Zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi Qabul Qilinganiga 28 Yil To‘Ldi

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 28 yil to‘ldi

Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har biri o‘z ramzlari – milliy timsollariga ega. Davlat bayrog’i, gerbi va madhiyasi shular jumlasidandir. Har birida o‘ziga xos uslub, ayricha mazmun va rang jilolanadi. Davlat ramzlari xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Quvonarlisi, ular bilan yonma-yon turadigan O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi. Ularda xalqimizning asriy orzu umidlari, milliy qadriyatlari mujassam.

     Ana shunday orzu umidlar aks ettirilgan Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g’risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Mana 28 yildirki har bir o‘zbek farzandining ko‘nglidagi ulug’ iftixor sifatida qadrlanib kelmokda.

     Qonun 8 ta moddadan iborat bo‘lib, 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir deyilgan, 8-moddasida esa O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shartligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi belgilangan va Jinoyat kodeksiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi qayd etilgan.