uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Polislari Endi “Agroplatforma”Da

image

“O‘zagrosug‘urta” polislari endi “Agroplatforma”da

“O‘zagrosug‘urta” AJning qishloq xo‘jaligiga oid sug‘urta xizmatlarini endi “Agroplatforma” axborot tizimidan ham topishingiz mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-273-son, 07.06.2022-y., PQ-257-son, 02.08.2023-y.) hamda Hukumatning (330-son, 03.08.2023-y.) tegishli qarorlari asosida “Agroplatforma” axborot tizimi  (https://agroplatforma.uz/)joriy etilgan bo‘lib, mazkur platforma orqali paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ dehqon va fermerlarimizning 2024-yilda yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, paxta xom-ashyosi hamda boshoqli donni yetishtirish uchun ajratiladigan kredit qaytmasligi xatarini sug‘urtalaydi.

“Agroplatforma” AT orqali dehqon va fermerlarimiz Jamiyatning ushbu sug‘urta xizmatlaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun zarur xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin.