uz

Surxondaryolik Ikki Olimning Iqtisodiy Rivojlanish Bo‘Yicha Fikrlari Tinglandi

image

Surxondaryolik ikki olimning iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha fikrlari tinglandi

“O‘zagrosug‘urta” AJning hududlarda faoliyat yuritayotgan olimlarning ilmiy takliflarini sohaga tatbiq etishga qaratilgan loyihasi doirasidagi bu galgi seminar Surxondaryo viloyatida tashkil etildi. 

Jamiyatning hududiy filiali xodimlari, videokonferensaloqa orqali Boshqaruv mutaxassislari hamda hududiy filiallar mas’ullari ishtirok etgan seminarda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shavkat Otamurodov hamda mazkur universitet dosenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Turg‘unoy Mamadjanovalar O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va rivojlanish yo‘llari hamda mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda tashqi iqtisodiy aloqalarni takomillashtirishning ahamiyati yuzasidan ma'ruza qildi. 

Seminarda olimlar bugungi kunda mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, taraqqiyot omillari, shuningdek, sug’urtaning jamiyat iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni xususida fikr bildirdi. 

Seminar davomida iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash, ahvoli farovonligini oshirishda sug‘urtaning ahamiyatini oshirishga doir taklif va tavsiyalari berildi. Ishtirokchilarning savollariga batafsil javob qaytarildi.