Bo‘sh ish o‘rinlari

1. “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati Korporativ maslahatchisi

I. FAOLIYATI HAQIDA MA`LUMOT

Kompaniya nomi

“O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati

Ish grafigi

To‘liq ish kuni

Lavozim

Korporativ maslahatchi

Tayinlanish muddati

3 yil va uzaytirilishi mumkin

Ish joyi

O‘zbekiston

II. LAVOZIM YO‘RIQNOMASI

Qisqacha ma’lumot: Korporativ maslahatchi «O‘zagrosug‘urta» AJ Quzatuv kengashiga bo‘ysunuvchi rahbar lavozim bo‘lib, u bevosita Kuzatuv kengashiga hisobdor.

U Kuzatuv kengashining Jamiyat aktsiyadorlar va investorlar bilan o‘zaro hamkorligini tashkillashtirib, muvofiqlashtirib boradi. Shu bilan birga, Jamiyat mansabdor shaxslarining faoliyatida korporativ standartlarga harakatlar muvofiqligining monitoringini amalga oshiradi hamda affillangan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar hisobini yuritish va qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda affillangan shaxslar bilan bitimlarni amalga oshirish monitoringini olib boradi.

 

III. VAZIFA VA MAJBURIYATLARI

Asosiy vazifa va majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

- korporativ standartlarni va korporativ hujjat aylanuvi namunalarini o‘rganadi;

- korporativ boshqaruv masalalari bo‘yicha hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi va ular bo‘yicha tavsiyalar beradi yoki ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- korporativ hujjatlar aylanuvini tashkillashtirishda metodologik yordam beradi;

- korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini tadbiq etish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun Jamiyat Kuzatuv kengashiga kiritadi;

- Kuzatuv kengashi oldida korporativ qonunchilikka rioya etish holati to‘g‘risida hisobot beradi va xulosa taqdim etadi;

- Kuzatuv kengashi va Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishlari majlislarini tashkillashtirishda, shuningdek bayonnomalarni rasmiylashtirishda metodik yordam beradi;

- Jamiyat Boshqaruvi a’zolari, shuningdek aktsiyadorlar yoki ularning vakillari iltimoslariga ko‘ra korporativ qonunchilik masalalari va korporativ boshqaruvning eng yaxshi amaliyotlarini tadbiq etish bo‘yicha konsulьtatsiyalar o‘tkazadi, korporativ nizolarni hal etish jarayonida ishtirok etadi;

- qonunchilik talablari, Jamiyat Ustavi va boshqa ichki hujjatlariga muvofiq, korporativ maslahatchi Jamiyatning Kuzatuv kengashi qarori asosida aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rilishi va o‘tkazilishi ustidan nazorat qiladi;

- Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini tayyorlashni nazorat qiladi;

- Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni lozim darajada xabardor qilishni nazorat qilish va Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish davomida aktsiyadorlarga taqdim etiladigan hujjatlar bilan tanishishga ruxsat olishni ta’minlaydi;

- Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq savollariga javob beradi va mazkur jarayon bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etish uchun choralar ko‘radi;

- Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bayonnomasi yuritilishini tashkillashtiradi;

- Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorlari va saylov natijalarini Jamiyat aktsiyadorlariga o‘z vaqtida yetkazilishi ustidan nazorat qiladi.

 

IV. KVALIFIKATSIYASI:

- oliy yuridik yoki iqtisodiy ma’lumoti mavjud bo‘lishi, shu jumladan horijiy davlat oliy ta’lim muassasalarida olingan va qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumotga ekvivalentligi tan olingan oliy yuridik yoki iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi;

- korporativ boshqaruv yoki qimmatli qog‘ozlar bozori sohasida yoki bu sohada ta’lim berish bo‘yicha oxirgi 10 yil ichida 2 yillik amaliy ish staji mavjud bo‘lishi yoki moliya, iqtisod va sug‘urta sohasida rahbarlik lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi;

- Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim Markazi tomonidan beriladigan korporativ boshqaruvchi malaka guvohnomasi mavjudligi;

- ingliz va rus tillarini mukammal bilishi.

 

2. “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi Sug‘urta departamenti direktori

 

I. FAOLIYATI HAQIDA MA`LUMOT

Kompaniya nomi

“O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati

Ish grafigi

To‘liq ish kuni

Lavozim

Sug‘urta departamenti direktori

Tayinlanish muddati

1 yil va uzaytirilishi mumkin

Ish joyi

O‘zbekiston

II. LAVOZIM YO‘RIQNOMASI

Qisqacha ma’lumot: Sug‘urta departamenti direktori «O‘zagrosug‘urta» AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi rahbar lavozim hisoblanadi. 

Sug‘urta departamenti direktori Jamiyat Boshqaruvining tashkiliy tuzilmasiga asosan, Umumiy sug‘urta va anderrayting boshqarmasi (1), Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (2), Majburiy sug‘urta boshqarmasiga (3) umumiy rahbarlik qiladi hamda Jamiyatning sug‘urta yo‘nalishi jumladan, qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash, ixtiyoriy sug‘urta va majburiy sug‘urta yo‘nalishlariga mas’ul hisoblanadi.

 

III. VAZIFA VA MAJBURIYATLARI

Asosiy vazifa va majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

- Jamiyatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallari hamda sug‘urta markazlari faoliyatini sug‘urta yo‘nalishlari bo‘yicha joylarda o‘rganadi va tahlil qiladi;

- sug‘urta shartnomalarini tuzilishiga olib keluvchi sug‘urta qaltisliklarini mutaxassis nuqtai nazaridan baholaydi;

- yangi sug‘urta mahsulotlarini amaliyotga joriy etish va amaldagi mahsulotlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Jamiyat Boshqaruviga takliflar kiritadi;

- sug‘urta faoliyati bo‘yicha qonun hujjatlarini doimiy ravishda o‘rganib boradi va o‘zi hamda departament xodimlarining bilim va malakalarini oshirish ustida doimiy ish olib boradi;

- Jamiyatning sug‘urta tarifiga oid siyosati yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ishlab chiqish va ularni bajarilishini muvofiqlashtiradi;

- qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va yo‘riqnomalarni ishlab chiqadi, shuningdek qishloq xo‘jaligini sug‘urtalashning yangi xizmat turlarini joriy etish bo‘yicha Boshqaruvga takliflar kiritadi;

- sug‘urta mukofotlari hajmini oshirishda hududiy filial va sug‘urta markazlariga amaliy yordam ko‘rsatadi;

- majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatning bajarilishini nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yadi;

- sug‘urta polislarini sotish texnologiyalarini yaratishga rahbarlik qiladi va ularni doimiy ravishda takomillashtirib boradi;

- Jamiyatning sug‘urta xizmatlari raqobatbardoshligi, taklifga mos ravishda ishlab chiqilganligi va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida marketing tadqiqotlar asosida tegishli chora-tadbirlar, Dastur loyihalarini ishlab chiqadi;

- sug‘urta portfelini tashkil etishda qatnashadi va ularni tahlil etadi;

- yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari doirasini kengaytirish choralarini ko‘radi;

- sug‘urta shartnomalarini Jamiyatda joriy etilgan elektron dastur tizimida to‘liq hisobotini olib borilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlarni olib boradi va takliflar kiritib boradi.

 

 

IV. KVALIFIKATSIYASI:

- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ma’lumotga ekvivalent deb tan olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

- moliya, iqtisod va sug‘urta sohasida kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi;

- ingliz va rus tillarini yaxshi darajada bilishi, suhbatlasha olishi va yozishni bilishi shart.