“O‘zagrosug‘urta” Aksiyadorlik jamiyati universal sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lib, barcha turdagi avtosug’urta, agrosug’urta va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga 140 dan ortiq sug‘urta qilish xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Sug‘urta xizmatlarini qulay va tezkor taqdim etilishini ta’minlash maqsadida Jamiyat butun O‘zbekiston Respublika bo‘ylab 175 dan ortiq hududiy bo‘linmalar va 500 ta agentlik shahobchalariga ega. Butun O‘zbekiston boylab sug’urta nafaqat yirik shaharlarida, balki eng chekka hududlarida yashovchi va faoliyat yurituvchilarga sifatli sug‘urta qilish xizmatlaridan foydalanish uchun katta qulaylik demakdir. 2018 yil yakuniga ko‘ra jamiyatdagi yuridik va jismoniy agentlar soni 2 000 tadan oshdi.

Kompaniya tomonidan 2019 yil davomida qariyb 100 milliard so‘m sug‘urta tovoni to‘lab berildi. Bu O‘zbekiston sug‘urta bozorida jami to‘langan sug‘urta tovonlarining 36 foizi demakdir.
Biznes-rejaga asosan, 2019 yilda kompaniya tomonidan yig‘iladigan sug‘urta mukofotlari miqdorini 214 milliard so‘mga yetkazish belgilangan edi. Yil yakuni bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 252,6 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu reja ko‘rsatkichi 118 foiz yoki 39 millliard so‘m ortig‘i bilan bajarilganini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan 74 milliard so‘m yoki 142 foiz o‘sishga erishildi.
O‘tgan yil davomida ta’minlangan sug‘urta mukofotlarini uch qismga ajratish mumkin. Xususan, aholi sug‘urtasiga 62,1 milliard so‘m, qishloq xo‘jalik sohasi sug‘urtasiga 93,1 milliard so‘m va boshqa sug‘urta turlariga 97,4 milliard so‘m to‘g‘ri keladi. Shundan qariyb 23 foizi majburiy sug‘urta hisobiga ta’minlangan.
2019 yilda qariyb uch million sug‘urta shartnomalari tuzildi, bu respublika sug‘urta bozorida rasmiylashtirilgan shartnomalarning eng ko‘p qismini tashkil etadi.
«O‘zagrosug‘urta» AJ «Fitch ratings» agentligining «BB-» (barqaror) reytingini olgan, shuningdek, «Ahbor-Reyting» va «SAIPRO» agentliklarining «UzA++» eng yuqori barqarorlik darajasi bilan muntazam ravishda e’tirof etib kelinmoqda.
Sug‘urta sohasidagi «Oltin soyabon» jamoatchilik mukofotining «Eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi» nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan.
«O‘zagrosug‘urta» — Yillar davomida oqlangan ishonch!

 

JAMIYATNING TA’SISCHILARI


  • O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 94,00%
  • "Uzpaxtasanoat" Uyushmasi — 3,24%
  • OATB "Agrobank" — 1,56%
  • OATB "Turonbank" — 0,57%
  • Ansher Investments LLP — 0,45%
  • OATB "Qishloqqurilishbank" — 0,12%
  • Boshqa aksiyadorlar - 0,07564

“O‘ZAGROSUG'URTA” AKSIYADORLIK JAMIYATI


“O‘zagrosug‘urta” AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 fevraldagi “O‘zagrosug‘urta” Davlat-Aksiyadorlik Sug‘urta Kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1713-sonli Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 martdagi “O‘zagrosug‘urta” Davlat-Aksiyadorlik Sug‘urta Kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 125-sonli Qaroriga asosan Aksiyadorlik Jamiyati shaklida tashkil etilgan. Jamiyatning ustav jamg'armasi  108 955 938 720 so'mni tashkil etadi.

 

JAMIYAT MISSIYASI


  • Qulay va ehtiyojlarni qondira oladigan sug‘urta mahsulotlarini taqdim etish orqali fuqarolarning farovonligini ta’minlash;
  • O‘zbekistonning qishloq hududlarida sifatli sug‘urta himoyasini ta’minlash va agrosanoat sohasining rivojlanishiga ko‘maklashish;
  • Davlat va xususiy sektorni ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash, korporativ va individual mijozlarni keng qamrovli sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlashda va mulkiy manfaatlarini himoya qilishda yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish orqali mamlakatimizda sug‘urta madaniyatini rivojlantirish;
  • Sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish orqali har bir mijozni xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash;

Hozirgi kunda jamiyat respublikaning barcha qishloq hududlarida faoliyat olib boruvchi sug‘urta infratuzilmasiga ega bo`lib, O‘zbekiston Respublikasi Sug‘urta bozoridagi ulushi 14,6% tashkil etadi.

2018 yil yakuniga ko‘ra jamiyat aktivlari 232,7 mlrd so‘m, sug‘urta zahiralari 123,7 mlrd so‘m, sug‘urta mukofotlari tushumi 178,0 mlrd so‘m va to‘langan sug‘urta tovonlari hajmi 65,6 mlrd, so‘mni tashkil etadi.

Jamiyat doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e’tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida jamiyatga bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Jamiyat mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e’tibor beradi.

 

JAMIYAT REYTINGI


 

“O‘zagrosug‘urta” AJ 2012-2013 yilda "SAIPRO" axborot-reyting agentligi tomonidan taqdim etiladigan “Oltin soyabon” sug‘urta sohasidagi jamoatchilik mukofatining “Eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi” nominatsiyasiga sazovor deb topilgan.

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi “O‘zagrosug‘urta” AJ uchun 2018 yil birinchi yarim yillik natijalari tahlilida milliy shkala bo‘yicha “barqaror” prognozi bilan “uzA++” darajasidagi to‘lovga qobiliyatlilik reytingini tasdiqladi.

“uzA++” reyting darajasi jamiyatning to‘lovga qobiliyatlilik darajasining barqaror YuQORI ekanligini ifodalaydi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ reytingi sug‘urta jamiyatining o‘z majburiyatlari va sug‘urta polisi egalarining talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish qobiliyatining yuqori darajasini ko‘rsatadi. "Ahbor-Reyting" reyting agentligi "O‘zagrosug‘urta" AJning kelgusida yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolishini nazarda tutadi.

"O`zagrosug`urta" AJ "SAIPRO" axborot-reyting agentligi tomonidan taqdim etiladigan “Oltin soyabon” sug‘urta sohasidagi jamoatchilik mukofatining 2018 yil uchun “Eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi” nominatsiyasida g`olib deb topildi.

Jamiyat O‘zbekiston sug‘urta bozorining eng birinchi va bugungi kunda eng ilg‘or jamiyatlaridan biri sifatida o‘z o‘rni va imidjiga ega. U izchil rivojlanish yo‘lidan borib, mamlakatimizda sug‘urta ishini iqtisodiyotning muhim tarmog‘iga aylantirish, aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish, mijozlarga aynan ular xoxlagan sug‘urta xizmatlarini taklif etish, ilm-fanning eng ilog‘or g‘oyalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish va kadrlarning ishlab chiqarish samaradorligini yanada yaxshilash siyosatlarini amalda qo‘llamoqda.

«O‘zagrosug‘urta» AJ «Fitch ratings» agentligining «BB-» (barqaror) reytingini oldi. Mazkur barqarorlik darajasi bilan muntazam xalqaro maydonda hamkorlik qilish imkoniyati yanada oshganligini ifoda etadi.
 

BIZNING VAZIFALAR QUYIDAGILARDAN IBORAT:


  • Mas’uliyatlillik va haqqoniylik;
  • Mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro foydali hamkorlikni maqsad qilish;
  • Amalga oshiriladigan sug‘urta bitimlarini samaradorligini, ishonchliligini ta’minlash;
  • Ish yuritish etikasiga rioya qilish;
  • Mijozlarga kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatish;
  • Keng qamrovli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish;
  • Yangi axborot texnologiyalarni amaliyotda keng qo‘llash;
  • Yangi sotuv yo‘llarini shakllantirish;
  • Ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining oydinligini ta’minlash.