- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
“O‘zagrosug‘urta” buxorolik tadbirkorga qariyb 1 mlrd so‘m to‘ladi

Tadbirkor tadbirli bo‘lishi kerak, deydi dono xalqimiz. Bu ibora zamirida har kim o‘z kasb-kori, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyati to‘xtab qolmasligini avvaldan ta’minlashi lozimligi nazarda tuziladi. Ya’ni turli kutilmagan holatlarga tayyor turish barqarorlikning birdan-bir katilidir.
Qorako‘llik Zamira Nozimovaning fermer xo‘jaligi kuchli shamol oqibatida avariya holatiga kelib qoldi. Biroq uning sug‘urta qilganligi tufayli tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar qoplanadigan bo‘ldi.
Noxush hodisa odamlarning tomorqasini payhon qildi. Ko‘plab turar-joy binolari, imorat va inshootlarga putur yetdi. O‘z vaqtida bosilgan to‘g‘ri qadam, bugun tadbirkorning joniga oro kirmoqda.
Biznes sir-sinoatini puxta egallagan tadbirkor Koreya texnologiyasi asosida ishlab chiqarish samadorligini oshirish ustida izlanadi. Shu maqsadda katta sarmoya kiritilgan zamonaviy issiqxonaning moliyaviy barqarorligini kafolatlash hamda turli hatarlardan himoyalashni ko‘zlab, garovga qo‘yilgan mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnoma tuzadi.
Ushbu issiqxona binosi “O‘zagrosugurta” AJ Buxoro filiali tomonidan javobgarlik olingan bo‘lib, u garovga qo‘yilgan mulk sifatida sug‘urtalangan edi.
Mulkga yetkazilgan zarar hajmi “Biznesni baholash va ekspert-konsalt” maьsuliyati cheklangan jamiyati tomonidan mustakil baholandi. Da’vo ishi doirasida taqdim qilingan hujjatlardan kelib chikib, aniqlangan sug‘urta tovoni to‘lab berildi.
Umuman, Buxorodagi tabiiy ofat bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta”AJ tomonidan viloyatning qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari yuzasidan to‘langan to‘lov 2,7 milliard so‘mni tashkil qiladi. Yana bir nechta sug‘urta hodisalari bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Ta’kidlash joizki, bugun O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy o‘sish va investitsiyaviy faollikni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish sur’atlarini tiklash, aholi bandligini oshirish, daromadlarini ko‘paytirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab‑quvvatlash maqsadida qator zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga, ularning bizneslari to‘xtab qolmasligi va moliyaviy holati tezroq tiklanishi uchun aniqlangan zararlar qisqa muddatlarda qoplanishiga e’tibor qaratilmoqda.
- «O‘zagrosug‘urta» AJ
- Axborot xizmati
Kompaniya yangiliklari
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim omili
“AGRO SAMMIX” — “O’zagrosug’urta” AJning yangi korporativ mijozi
Chorva hayvonlari sug’urtasi — Aholimizga ko’rsatiladigan moliyaviy ko’makdir
“O’zagrosug’urta” Samarqand viloyati filiali fermerlarga paxta hosili uchun 9 milliard so’m sug’urta tovoni to’lab berdi
«Узагросугурта - 20 лет на страховом рынке»
27 февраля 2017 года в Национальном Пресс-центре Республики Узбекистан состоя...
Узагросугурта проводит конкурс среди журналистов отечественных СМИ
На сегодняшний день со стороны государства уделяется большое внимание развити...