- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
“O‘zagrosug‘urta” Fitch xalqaro sertifikati sohibi

“O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati Fitch xalqaro reyting agentligi tomonidan “BB–” barqaror reytingiga ega bo‘ldi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy veb-saytida ma'lum qilindi.
Mazkur nufuzli xalqaro agentlik asosan sug‘urta sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari, sug’urta xizmati sifati va qamrovi, aktivlari hamda depozit portfeli, shuningdek, moliyaviy holatiga ko‘ra baholaydi.
Dunyoning ko‘plab investorlari Fitchning kredit reytingiga tayanib ish ko‘radi. Demak, “O‘zagrosug‘urta” AJ ga jahon sug‘urta va qayta sug‘urta bozorlarida keng faoliyat olib borish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, Jamiyat uchun mahalliy eksportyorlar va O‘zbekistonga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan investorlarni sug‘urtaviy himoya orqali qo‘llab-quvvatlash imkoniyati kengayadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu reyting ko‘rsatkichi olingan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilish kafolati, yuqori salohiyatli investorlar uchun ishonchlilik darajasini belgilaydi.
Yana bir qo'shimcha ma'lumot, "O‘zagrosug‘urta" AJ tarkibidagi "AgrosHayot" sho‘ba kompaniyasi hayot sug’urtasi sohasida birinchilardan bo’lib, qayta sug’urtalash faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’ldi.
Fitch xalqaro reyting agentligi dunyoning 150 dan ortiq mintaqalari uchun milliy va xalqaro reytinglarni tayinlash bilan shug’ullanadi. Bosh qarorgohi AQShda joylashgan bo’lib, korporatsiyaga 1913 yilda asos solingan. Fitchning dunyo bo’ylab 51 ta vakolatxonasi ochilgan bo‘lib, Mustaqil davlatlar hamdo’stligida 17 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Kompaniya mutaxassislari ko‘p yillik tajribaga ega va kapital bozorlarini tahlil qilishda foydalaniladigan ko‘plab mamlakatlarning ichki iqtisodiy mexanizmlari to‘g‘risida aniq bilimlarga ega. Fitch dan olingan tahlillar va prognozlar an’anaviy ravishda ishonchli va oshkora hisoblanadi.
- “O‘zagrosug‘urta” AJ
- Axborot xizmati
Kompaniya yangiliklari
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim omili
“AGRO SAMMIX” — “O’zagrosug’urta” AJning yangi korporativ mijozi
Chorva hayvonlari sug’urtasi — Aholimizga ko’rsatiladigan moliyaviy ko’makdir
“O’zagrosug’urta” Samarqand viloyati filiali fermerlarga paxta hosili uchun 9 milliard so’m sug’urta tovoni to’lab berdi
«Узагросугурта - 20 лет на страховом рынке»
27 февраля 2017 года в Национальном Пресс-центре Республики Узбекистан состоя...
Узагросугурта проводит конкурс среди журналистов отечественных СМИ
На сегодняшний день со стороны государства уделяется большое внимание развити...