30 yanvar – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana.

Shu munosabat bilan, “O‘zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati jamoasi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Mustaqil O‘zbekistonimizning asoschisi, xalqimiz mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning e’tibori va tegishli qarori bilan Birinchi Prezidentimiz xotirasi abadiylashtirildi. Ularning tavallud topgan sanasini nishonlash ezgu an’anaga aylandi.

Gul qo‘yish marosimida Islom Karimovning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

  • "O‘zagrosug‘urta" AJ
  • Axborot xizmati

Тест1

Тест1
25