“O’zagrosug’urta” AJ xalqimizni bugungi ulug’ ayyom – mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yillik bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi                                

To’la ishonch bilan aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo’lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati hisoblanadi. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o’sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.

Aziz yurtdoshlar, 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, eng avvalo barchamizga O’zbekiston ozodligining shahodati sifatida qadrlidir.

Konstititsiya 6 bo’lim, 26 bob va 128 moddadan iborat.

Konstitutsiya kuni bilan barchangizni yana bir bor chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Тест1

Тест1
23