- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
"O’zagrosug’urta" AJ: Dunyoning Top 3-kompaniyasi bizning hamkorimiz

Boshqaruv raisi S.Otamuratov Pekin shahrida Xitoy Xalq sug’urta kompaniyasi vitsa-prezidenti Shen Dong o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o’rnatish uchun mavjud imkoniyatlar muhokama etildi.
Ta’kidlash joizki, muzokaralar davomida investitsiya, qayta sug’urtalash va kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi. Uchrashuv yakunida Hamkorlik va qayta sug’urta sohasidagi Memorandum imzolandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “O’zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4412-sonli Qarorini ijrosi doirasida Jamiyat tomonidan xalqaro hamkorlikka e’tibor qaratilmoqda.
Dunyoning ko’plab nufuzli sug’urta tashkilotlari vakillari bilan Toshkentda hamkorlik yuzasidan uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Shuningdek, shu yilning 6-9 noyabr kunlari Toshkentda Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya, Germaniya, Xitoy, Ukraina davlatlaridan kelgan sug’urta sohasining yetakchi ekspertlari ishtirokida “Zamonaviy O’zbekiston sug’urta bozori” nomli xalqaro konferentsiya ham shular jumlasidandir. Buning samarasi o’laroq, bir qator rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi.
Ma’lumki, Xitoy Xalq sug’urta kompaniyasi qit’amizdagi eng obro’li va uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritayotgan sug’urta kompaniyasidir. Uning yillik sug’urta mukofotlari tushumi 388 millliard yuan (57 milliard AQSH dollari) bo’lib, nufuzi jihatdan dunyoda 3-o’rinda turadi.
Ushbu hamkorlik Memorandumi imzolanishiga qadar, joriy yilning 13 noyabr kuni "O’zagrosug’urta" AJ Boshqaruvi raisi Xitoy Xalq sug’urta kompaniyasi Bosh menejeri He Van Lun xonim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.
"O’zagrosug’urta" AJ
Axborot xizmati
Kompaniya yangiliklari
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim omili
“AGRO SAMMIX” — “O’zagrosug’urta” AJning yangi korporativ mijozi
Chorva hayvonlari sug’urtasi — Aholimizga ko’rsatiladigan moliyaviy ko’makdir
“O’zagrosug’urta” Samarqand viloyati filiali fermerlarga paxta hosili uchun 9 milliard so’m sug’urta tovoni to’lab berdi
«Узагросугурта - 20 лет на страховом рынке»
27 февраля 2017 года в Национальном Пресс-центре Республики Узбекистан состоя...
Узагросугурта проводит конкурс среди журналистов отечественных СМИ
На сегодняшний день со стороны государства уделяется большое внимание развити...