- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
"O‘zagrosugurta" AJ Andijon filiali: Inson qadr-qimmati — har narsadan ustun

Bosh qomusimizning qabul qilinganligi munosabati bilan Andijon viloyatida kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.

Yolg’iz, boquvchisini yо‘qotgan, nogironligi bо‘lgan va moddiy imkoniyati cheklangan xonadonlarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.

— Bugun aksariyat andijonliklar “O‘zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati xizmatidan foydalanishni afzal kо‘rishmoqda. Odamlarning viloyatda sug’urta tо‘g’risidagi bilim va kо‘nikmalari yetarli bо‘lmasligi mumkin, biroq ushbu xizmat turiga nisbatan ishonchi tobora rivojlanayotgani turgan gap. Zero, ezgu niyat bilan boshlangan ish xayrli bо‘ladi, — deydi fillial boshqaruchisi O.Botirov.

Xayriya tadbiri davomida kam ta’minlangan oilalarga kartoshka, piyoz, sabzi, о‘simlik yog’i, non, shirinlik va boshqa mahsulotlar ulashildi.

Joriy yilning о‘tgan davri mobaynida viloyatda 1,5 mingdan ortiq kishi bilan sug’urta hodisasi sodir bо‘ldi. Ularga kompaniya tomonidan qariyb 2 milliard sо‘mdan ortiq sug’urta tovonlari tо‘landi.
Shundan, 127 nafari fermer xо‘jaliklari bо‘lib, ekin hosili sug’urtasi bо‘yicha tо‘langan mablag’ 717,4 million sо‘mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi uchun 5 ta jabrlanuvchiga 343,5 million sо‘m, Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi bо‘yicha 65 ta fuqaroga sal kam 220 million sо‘m, boshqa sug’urta turlari bо‘yicha deyarli 700 million sо‘mlik kо‘rilgan zarar qoplab berildi.
Masalan, Jalaquduq tumanida joylashgan “Nurmat” fermer xо‘jaligiga 2014 yil 26 maydagi 17-sonli “Lizinga olinayotgan mulklarni sug’urta qilish” shartnomasiga kо‘ra “Dominator-130” kombayniga yetkazilgan zarar uchun 111 million sо‘m atrofida sug’urta qoplamasi tо‘landi.
Baliqchilik Yuldashev Ismoiljonga transport vositasi zararlanishi bо‘yicha 14 million sо‘m, Izboskan tumani massivi hududida joylashgan “Aslbek kelajagi ishonchi” fermer xо‘jaligining “Paxta kam hosilligini sug’urta qilish” shartnomasiga kо‘ra tabiiy ofat natijasida paxta hosili zararlanishiga 20 million sо‘mdan ortiq mablag’ sug’urta tovoni sifatida tо‘langanligi ham shular jumlasiga misol bо‘ladi.
Jamiyat о‘zining mijozlariga sifatli va qulay hizmatlar kursatishga har doim e'tibor berib keladi va bu masala diqqat markazida bо‘ladi.
"O‘zagrosugurta" AJ
Axborot xizmati
Kompaniya yangiliklari
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha ...
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim omili
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim o...
“AGRO SAMMIX” — “O’zagrosug’urta” AJning yangi korporativ mijozi
Kuni kecha Oxangaronda soatiga 5 tonna vitamin-minerallar aralashmasi &mda...
Chorva hayvonlari sug’urtasi — Aholimizga ko’rsatiladigan moliyaviy ko’makdir
Dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlarida chorva hayvonlarini sug&rsquo...
“O’zagrosug’urta” Samarqand viloyati filiali fermerlarga paxta hosili uchun 9 milliard so’m sug’urta tovoni to’lab berdi
“O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati Samarqand viloy...
«Узагросугурта - 20 лет на страховом рынке»
27 февраля 2017 года в Национальном Пресс-центре Республики Узбекистан состоя...
Узагросугурта проводит конкурс среди журналистов отечественных СМИ
На сегодняшний день со стороны государства уделяется большое внимание развити...