- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
"O‘zagrosug’urta" AJ mehnat muhojirlari uchun 2 ta muhim hujjat imzoladi

Prezidentimizning 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zagrosug’urta” AJ hamda “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Mikrokreditbank” ATB hamda "O‘zagrosug’urta" AJ o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik Memorandum imzolandi.
Memorandumning mazmuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini 1 yil muddatgacha chet elda ishlash bilan bog’liq xarajatlarni to‘lash uchun mikroqarzlar ajratishdan iborat.
Mehnat muhojirlariga ajratiladigan kredit miqdori 2 million so‘m bo‘lib, bunda asosan xorijga ishlash uchun talab qilinadigan hujjatlarning minimal to‘plami (pasport, ariza va mehnat organining arizasi) bilan tezkor ravishda berib boriladi.
Mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkasi 2019-2020 yillarda 10 foiz va 2021 yilda 12 foiz etib belgilangan. Mazkur mikrokreditlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg’armasi tomonidan ajratilgan kredit mablag’lari hisobidan beriladi.
Memorandum bo‘yicha ajratilgan mikrokreditlarning qaytmasligi xavfini sug’urtalash "O‘zagrosug’urta" AJ tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labour-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migrantlariga beriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining har tomonlama sug’urtaviy himoyalash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "O‘zagrosug’urta" AJ bilan Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida yana bir muhim kelishuv bitimi tasdiqlandi. Ushbu hamkorlik mehnat muhojirlarining hayoti va sog’lig’ini himoyalashda yechim sifatida baholash mumkin.
Ushbu hujjat bilan fuqarolarning chet elda vaqtincha ishlashi davrida ularning hayoti va sog’lig’ini sug’urtalash sug’urta mukofoti miqdorini qoplash uchun 50 ming so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etiladi. Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston fuqarolarini chet elda xavfsiz ishlashlari uchun qulay sharoitlar yaratib beradi.
Ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining "mehnat-migratsiya" dasturiy ta’minot paketida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat muhojirlariga kredit beriladi. Ushbu hujjat doirasida dastlab 5 ming nafar mehnat ishchilariga 10 milliard so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratish nazarda tutilmoqda.
"O‘zagrosug’urta" AJ,
Axborot xizmati
Kompaniya yangiliklari
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim omili
“AGRO SAMMIX” — “O’zagrosug’urta” AJning yangi korporativ mijozi
Chorva hayvonlari sug’urtasi — Aholimizga ko’rsatiladigan moliyaviy ko’makdir
“O’zagrosug’urta” Samarqand viloyati filiali fermerlarga paxta hosili uchun 9 milliard so’m sug’urta tovoni to’lab berdi
«Узагросугурта - 20 лет на страховом рынке»
27 февраля 2017 года в Национальном Пресс-центре Республики Узбекистан состоя...
Узагросугурта проводит конкурс среди журналистов отечественных СМИ
На сегодняшний день со стороны государства уделяется большое внимание развити...