- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
Zafarlardan mangu soʼzla bayrogʼim

Bayroq har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. U barcha davrlarda ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, gʼalaba timsoli boʼlgan.
Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi toʼgʼrisidagi qonunda taʼkidlanganidek, milliy bayrogʼimiz davlat suverenitetining ramzlaridan biridir. Shuning uchun, turli bayram tantanalarida, xalqaro miqyosdagi tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida xalqimizning gʼurur va iftixor ramzi yorqin aks etadi. Bayram shodiyonalari, tantanalar chogʼida koʼchalarimizga koʼrk bagʼishlab turgan bayrogʼimiz har birimizda shukronalik hislarini uygʼotadi.
Mamlakatimizda yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor samarasi oʼlaroq, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini koʼklarga koʼtarayotgan yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa, turli sport musobaqalarida gʼoliblikka erishayotgan yigit-qizlarimiz sharafiga yurt bayrogʼi baland nuqtadan joy olmoqda. Ana shunday lahzalarda qalblarimizda Vatan tuygʼusi yanada kuchliroq joʼsh uradi, xalqimizning salohiyati, kelajagimizga ishonch yanada mustahkamlanadi.
Davlatimiz bayrogʼi – oʼtmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, Oʼzbekistonda yashaydigan boshqa insonlar bayrogʼimizni hurmat qilishlari lozim. Zero, unda ruhiyatimiz, gʼurur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga boʼlgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.
Shu fursatdan foydanalib, “Oʼzagrosugʼurta” aktsiyadorlik jamiyati nomidan xalqimiz milliy iftixori boʼlmish Davlat bayrogʼining 28 yilligi bilan muborakbod etamiz. Xonadoningizdan tinchlik-hotirjamlik, dasturxoningizdan fayz-baraka arimasin. Oʼzbekning bayrogʼi ulkan zafarlardan soʼzlab mangu hilpirab tursin.
Bekzod Аxadov,
Boshqaruv raisi oʼrinbosari.
Kompaniya yangiliklari
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani
Тест1
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim omili
“AGRO SAMMIX” — “O’zagrosug’urta” AJning yangi korporativ mijozi
“O’zagrosug’urta” Samarqand viloyati filiali fermerlarga paxta hosili uchun 9 milliard so’m sug’urta tovoni to’lab berdi
«Узагросугурта - 20 лет на страховом рынке»
27 февраля 2017 года в Национальном Пресс-центре Республики Узбекистан состоя...
Узагросугурта проводит конкурс среди журналистов отечественных СМИ
На сегодняшний день со стороны государства уделяется большое внимание развити...