- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qamashi tumanida yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi. Shuningdek, bir qator boquvchisini yo’qotgan kam daromadli oilalarga turmush uchun zarur sovg’alar ulashildi.
“O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi o’z xizmat safari chog’ida Qamashi tumani “Chim” qishlog’ida joylashgan “Abdi Bozorov” fermer xo’jaligi dala shiyponida bo’ldi. U yerda ko’plab tadbirkorlar va fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Muloqotda yig’ilganlarga sug’urta sohasi bo’yicha zarur axborotlar berildi. Bundan tashqari, tadbirkorlarni qiziqtirgan dolzarb masalalarga Jamiyat raisi tomonidan oydinlik kiritildi va kelgusida bunday uchrashuvlarni tez-tez o’tkazish, aholining sug’urta borasidagi savodxonligini oshirish bo’yicha “O’zagrosug’urta” AJning viloyat filiali rahbariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi. Uchrashuv ko’tarinki va ishchan ruhda o’tdi.
- “O’zagrosug’urta” AJ,
- Axborot xizmati.
Kompaniya yangiliklari
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim omili
“AGRO SAMMIX” — “O’zagrosug’urta” AJning yangi korporativ mijozi
Chorva hayvonlari sug’urtasi — Aholimizga ko’rsatiladigan moliyaviy ko’makdir
“O’zagrosug’urta” Samarqand viloyati filiali fermerlarga paxta hosili uchun 9 milliard so’m sug’urta tovoni to’lab berdi
«Узагросугурта - 20 лет на страховом рынке»
27 февраля 2017 года в Национальном Пресс-центре Республики Узбекистан состоя...
Узагросугурта проводит конкурс среди журналистов отечественных СМИ
На сегодняшний день со стороны государства уделяется большое внимание развити...