Vatanimiz mustaqilligining 28 yillik bayrami oldidan Jamiyat raisi Jizzax viloyatidagi tadbirkorlar, fuqarolar va fermer xo’jalik raislari ishtirokida Sharof Rashidov tuman hokimligi majlislar zalida sayyor qabul o’tkazdi.

Yig’ilishda Jamiyat tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sug’urta mohiyati, yutuq va kamchiliklari, shuningdek sohaga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida atroflicha ma’lumot berildi. Shundan so’ng tadbir ishtirokchilari bilan savol-javoblar bo’lib o’tdi.

“Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon” hayriya aktsiyasi doirasida Boshqaruv Raisi Jizzax shahrida joylashgan 29-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Ushbu mehribonlik uyi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarini  bayram bilan tabriklab, ularga zarur esdalik sovg’alari berildi.

 

  • "O'zagrosugurta" AJ,
  • Axborot xizmati