Kuni kecha “O’zagrosug’urta“ aktsiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat yuritayotgan sug’urta agentlari o’rtasidagi tanlov g’olibi aniqlandi.

Jamiyatning Toshkent viloyati filiali sug’urta agenti Dilfuza Toshpulatova  2,5 million  so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Eslatib o’tamiz, mazkur tanlov “O’zagrosug’urta“ AJ tomonidan joriy yilning 3 aprel kuni e’lon qilingan edi. Musobaqa shartiga ko’ra, tanlov g’olibining mukofot jamg’armasi 2,5 milliondan 6 million so’mgacha etib belgilangandi. G’olibni taqdirlash marosimida sohaning tajribali mutaxassislari va qator yosh sug’urta agentlari ishtirok etishdi.

  • “O’zagrosug’urta“ AJ,
  • Axborot xizmati.