Qarorning birgina bandiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Jamiyat tizimida samarali mehnat qilayotgan o’rta-maxsus, nomutaxassis bo’lgan sohaga ixtisoslashgan Oliy ta’lim muassasalarining “Sug’urta ishi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tavsiyalar berilishi, tavsiya asosida o’qishga qabul qilinishi kutilmagan yangiliklardan biri bo’ldi.

Bunday sa’i-harakatlar samari shundaki, malakali kadrlar sonini oshirish va ularni tizmda saqlab qolish masalalariga oqilona yechim hisoblanadi. Shuningdek, kelgusida ushbu sohada faoliyat yuritishni maqsad qilgan yoshlarga motivatsiya uyg’otishi bilan ahamiyatlidir.

Jamiyat tizimida 5-10 yildan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan, yetuk mutaxassisiga aylanib ulgurgan, o’rta-maxsus ma’lmotli ko’plab yosh xodimlar kelgusida Jamiyat Boshqaruvining tavsiyalari asosida Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishadi. Albatta, bu o’z navbatida “O’zagrosug’urta” AJning rivojlanishi, yanada yuqori marralarni zabt etishi uchun yanada ko’proq kuch-quvvat bilan sitqidildan ishlashlariga zamin yaratadi.

  • Buxoro filiali rahbari,
  • Anvar ADILOV.