Davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarori ijrosi doirasida “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan respublikamizda birinchi bo‘lib e-polis amaliyotga tadbiq etildi. 
    E-polis — mijozlarga sug‘urta polisini mobil telefon yoki kompyuter orqali elektron rasmiylashtirish imkoni demakdir. 
    Hozirda mazkur tizim orqali sug‘urtaning ommabop turlarini rasmiylashtirish mumkin. Yaqin kelajakda mijozlar uchun yanada ko‘proq sug‘urta turlari bo‘yicha e-polisni joriy etish mo‘ljallanmoqda.
    “O‘zagrosug‘urta” AJ elektron polis rasmiylashtirish jarayonini jadallashtirish va uni mijozlar orasida ommalashtirish maqsadida aktsiya e’lon qiladi. Komaniyaning rasmiy veb-sayti agros.uz orqali e-polis rasmiylashtirgan mijozlar aktsiya ishtirokchisiga aylanadi. 
    Aktsiya joriy yil fevral oyining 17-24 sanalarida bo‘lib o‘tadi. 
    “O‘zagrosug‘urta” AJ ta’sis etilganining 24 yilligi munosabati bilan aktsiya g‘oliblari 25 fevral kuni soat 11.30 da jamiyatning ijtimoiy tarmoqlarida (Instagram, facebook) jonli efirda random.org tasodifiy raqamlar generator dasturi orqali aniqlanadi hamda g‘oliblarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etiladi. 
    10 000 so‘mdan kam bo‘lmagan sug‘urta polislarini xarid qiling va aktsiya ishtirokchisiga aylaning! 
Aktsida g‘oliblarni aniqlash mezoni, sovg‘alarni belgilash va taqsimlash huquqi hamda mas’uliyati tashkilotchi zimmasida bo‘ladi. 
http://epolis.agros.uz

“O‘zagrosug‘urta” AJ 
Axborot xizmati

Тест1

Тест1
23