- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
Xorazmda sug‘urta tovonlari 2 mlrd so‘mdan oshib ketdi

Mamlakatimiz aholisining sug‘urta xizmati to‘g‘risidagi bilimdonligi viloyatlar kesimida bir xil emas. Sug‘urta tovoni — zararlarni qoplash uchun sug‘urtalovchi kompaniya tomonidan to‘lab berilgan to‘lovdir. Bugungi kunda Xorazm viloyati aholisi “sug‘urta mukofoti”, “sug‘urta qoplamasi”, “sug‘urta polisi” singari sohaga oid terminlarni yaxshi bilishadi. Shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, viloyatda sug‘urta madaniyati avvalgi yillarga nisbatan ancha o‘sgan. Al-Xorazmiy izdoshlari hayotida moliyaviy xizmatlarning tez fursatda singishi ajablanarli emas, aslida. Chunki sug‘urta hodisalari yuzasidan “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyatiga murojaatlar soni tobora ortib borayotgani shunday xulosa chiqarishga zamin yaratadi.
Filial tomonidan 2020 yil davomida qoplab berilgan tovonlar miqdori ikki milliard so‘mdan oshadi. To‘lovlarning asosiy qismi ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha amalga oshirilgan, biroq majburiy sug‘urta turlari yuzasidan ham yirik sug‘urta qoplamalari to‘langanligini ko‘rish mumkin.

— Xizmat vazifamiz shahar jozibadorligi, uning ozodaligini ta’minlashdir. O‘zingiz bilasiz, bunday mashaqqatli kasb egalari suv sepish, supurish daraxtlarni butalash, gul ekish, chiqindilardan tozalash va boshqa ozodalik bilan bog‘liq vazifalarni bajaradi. Ish jarayonida xodimlarning turli darajadagi jarohat olishlari tez-tez kuzatiladi. Shuning uchun, xodimlarimizga har yili “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash” polisi rasmiylashtiriladi. Bir misol, yaqinda Yangi yil bayrami nishonlandi bayramdan keyingi tozalash ishlarida ishchimiz ehtiyotsizligi oqibatida ko‘zidan og‘ir jarohatlandi. Ushbu polisga asosan “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi tomonidan xodimimizga 175 million so‘m tovon to‘lanadigan bo‘ldi, deydi Urganch tuman Obodonlashtirish boshqarmasi muhandisi Inomjon Qurbanov.
Ta’kidlash joizki, “O‘zagrosug‘urta” AJ o‘tgan yilda Xorazm viloyati miqyosida jami 340 ta sug‘urta hodisasi yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirgan. Aksariyat sug‘urta qoplamalari “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash” polisi, ya’ni haydovchilar tabiri bilan aytganda “majburiy avtosug‘urta” yuzasidan kelib chiqqanligini ko‘rish mumkin.
— Tadbirkor odamman shuning uchun sug‘urta xizmatlari to‘g‘risida bir muncha tushunchaga egaman. Sug‘urta bilan odam hech qachon yutqazmaydi. O‘g‘lim yoshlik qilib, yo‘ltransport hodisasi sodir etdi. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi avtohalokatdan zarar ko‘rgan transport vositasining barcha xarajatlarini qoplab berdi. Sug‘urta yaxshi narsa, ayniqsa, o‘zganing sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazib qo‘ysangiz, uning oldidagi majburiyatingizni ado etish hissi juda mas’ulyatli. Bunday paytda birovning oldida qarzdor bo‘lmaslikning o‘zi insonga tayanch-yupanch bo‘ladi. Sug‘urtachilarimiz dard ko‘rmasin, deydi Urganch tumani Chakkasholikor qishlog‘ida yashovchi Jaloladdin Davlatov.
“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati
Axborot xizmati
Kompaniya yangiliklari
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha ...
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim omili
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim o...
“AGRO SAMMIX” — “O’zagrosug’urta” AJning yangi korporativ mijozi
Kuni kecha Oxangaronda soatiga 5 tonna vitamin-minerallar aralashmasi &mda...
Chorva hayvonlari sug’urtasi — Aholimizga ko’rsatiladigan moliyaviy ko’makdir
Dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlarida chorva hayvonlarini sug&rsquo...
“O’zagrosug’urta” Samarqand viloyati filiali fermerlarga paxta hosili uchun 9 milliard so’m sug’urta tovoni to’lab berdi
“O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati Samarqand viloy...
«Узагросугурта - 20 лет на страховом рынке»
27 февраля 2017 года в Национальном Пресс-центре Республики Узбекистан состоя...
Узагросугурта проводит конкурс среди журналистов отечественных СМИ
На сегодняшний день со стороны государства уделяется большое внимание развити...