- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash ushbu tashkilotning asosiy vazifalaridandir.
Prezidentimizning “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosidagi ushbu loyihaga ko‘ra, 2020 yil 1 dekabrdan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash ushbu tashkilotning asosiy vazifalaridandir. Shuningdek, aholining barcha qatlamlarini kafolatlangan paket doirasida sifatli va zarur tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish, tajriba-sinov loyihasi doirasida Davlat byudjetidan kafolatlangan paketni moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan mablag‘larni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etishdan iborat.
Mazkur qaror bilan viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganilib, ular negizida tashxislash, davolash tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish hamda tibbiy ta’limni bir joyda mujassamlashtirgan “tibbiyot klasteri”ni tashkil qilish, samarasiz faoliyat yuritayotgan bo‘g‘inlarni qisqartirish, qayta moslashtirish va boshqaruv xarajatlarini maqbullashtirish va Guliston tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliy ta’lim muassasasini tashkil etish uchun xususiy sektorni jalb qilish vazifalari belgilandi.
Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi o‘zini oqlasa, respublika miqyosida keng joriy etiladi.
Kompaniya yangiliklari
Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ: 2020 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani
Sud-huquq sohasidagi islohotlar — inson huquqlarini taʼminlashning muhim omili
“AGRO SAMMIX” — “O’zagrosug’urta” AJning yangi korporativ mijozi
Chorva hayvonlari sug’urtasi — Aholimizga ko’rsatiladigan moliyaviy ko’makdir
“O’zagrosug’urta” Samarqand viloyati filiali fermerlarga paxta hosili uchun 9 milliard so’m sug’urta tovoni to’lab berdi
«Узагросугурта - 20 лет на страховом рынке»
27 февраля 2017 года в Национальном Пресс-центре Республики Узбекистан состоя...
Узагросугурта проводит конкурс среди журналистов отечественных СМИ
На сегодняшний день со стороны государства уделяется большое внимание развити...