Sug‘urta ob’yekti

Sug‘urta qildiruvchining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid kelmaydigan sug‘urtalangan mol-mulkining zararlanishi, nobud bo‘lishi va yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaati sug‘urta ob’yekti hisoblanadi.

Sug‘urta hodisasi

Mazkur sug‘urta turiga ko‘ra quyidagi hodisalar (sug‘urta qaltisliklari) natijasida sug‘urtalangan mol-mulkning doimiy saqlanish joyida zararlanishi, nobud bo‘lishi yoki yo‘qotilishi sug‘urta hodisasi hisoblanadi:

- Yong‘in;
- Portlash;
- Bo‘ron;
- Kuchli shamol;
- Dovul;
- Jala;
- Ko‘chki;
- Tuproqning cho‘kishi va yemirilishi;
- Yer osti suvlarining otilishi;
- Sel;
- Yashin urishi;
- Zilzila;
- Do‘l;
- Qalin qor yog‘ishi;
- Buzib kirib o‘g‘irlik qilish.

Quyidagilar sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:

- Sug‘urta qildiruvchining qo‘pol ehtiyotsizligi, bilib turib (qasddan) amalga oshirgan xatti-harakati yoki harakatsizligi oqibatida sug‘urtalangan mol-mulkka zarar yetkazilsa, (Sug‘urta qildiruvchining uchinchi shaxslar hayoti, salomatligi, qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish yoki fuqarolik burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan hollar bundan mustasno);

- Sug‘urtalovchiga Sug‘urta shartnomasi tuzish vaqtida sug‘urta qildiruvchining noto‘g‘ri va (yoki) xato ma’lumotlar ko‘rsatganligi aniqlansa;

- Sug‘urta hodisasi haqida belgilangan muddatda xabar berilmaganligi natijasida sug‘urtalangan mol-mulkka yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda;

- Yetkazilgan zarar aybdor shaxs tomonidan qoplangan bo‘lsa;

- Sug‘urtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qo‘yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar;

- Urush va xarbiy harakatlar (urush e’lon qilinganligi yoki qilinmagaligidan qat’iy nazar), g‘alayon, inqilob, qo‘zg‘olon, isyon, fitna, ish tashlash, hukumatni noqonuniy ravishda egallab olish, terrorchilik harakatlari, musodara qilish, rekvizitsiya, hukumat yoki uning tarkibiy qismi topshirig‘iga asosan buzib tashlanishi yoki unga zarar yetishi harakatlari, yadro reaksiyasi, yadro nurlanish yoki radioaktiv zararlanishi yoki nobud bo‘lishi holatlarida.

Sug‘urta javobgarligi.

Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini oladigan summa (sug‘urta puli) sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi bilan kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Mol-mulkni sug‘urta qilishda, agar sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta puli mol-mulkni haqiqiy qiymatidan (sug‘urta qiymatidan) oshmasligi lozim.

Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda

Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda Sug‘urta qildiruvchi yoki Naf oluvchi Sug‘urta hodisasini qayd qilish uchun zararlangan, nobud bo‘lgan yoki yo‘qotilgan mol-mulk haqida Sug‘urtalovchiga
3 (uch) kun ichida yozma ravishda xabarnoma beradi.

Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz berganda Sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- Sug‘urta xodisasi to‘g‘risida xabarnoma;

- Sug‘urta polisi;

- Sug‘urta hodisasi natijasida mol-mulkning zararlangani, nobud bo‘lgani yoki yo‘qotilganligini tasdiqlab tuzilgan ma’lumotnoma;

- Sug‘urta hodisasida aybdor shaxsning tushuntirish xati (agar bo‘lsa);

- Lintseziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilot yoki ekspertlarning baholash xisoboti;

- Zarar miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan fotosurat yoki videotasmalar;

- Sug‘urta hodisasini tasdiqlovchi mutasaddi tashkilotlarning hujjatlari;

- Sug‘urta qildiruvchi o‘ziga ma’lum bo‘lgan Sug‘urta hodisasiga oid boshqa ma’lumotlar;

- Baholovchi tashkilotning zarar miqdorini aniqlash uchun amalga oshirgan baholash hisoboti.