Sug‘urta ob’yekti

Sug‘urta qildiruvchining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid kelmaydigan sug‘urtalangan, foydalanishga yaroqli avtotransport vositasi, qo‘shimcha uskuna va ehtiyot qismlarining sug‘urta hodisasi ro‘y berishi oqibatida zararlanishi, nobud bo‘lishi va yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaati Sug‘urta ob’yekti hisoblanadi.

Sug‘urta hodisasi

Sug‘urta polisiga asosan quyidagi hodisalar (sug‘urta qaltisliklari) natijasida sug‘urtalangan avtotransport vositasining zararlanishi, nobud bo‘lishi yoki yo‘qotilishi sug‘urta hodisasi hisoblanadi:

- avtotransport vositasini olib qochish;

- o‘g‘rilik;

- bosqinchilik;

- yong‘in;

- portlash;

- YTH (yo‘l transport hodisasi);

- jismlarning urilishi;

- tabiiy ofatlar;

- uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari.

Quyidagilar sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:

- Sug‘urta qildiruvchi, haydovchi yoki sug‘urtalangan avtotransport vositasida bo‘lgan boshqa shaxslarning atayin (qasddan) amalga oshirgan xatti-harakati yoki harakatsizligi oqibatida sug‘urta hodisasini yuzaga kelishi, ammo qasddan qilingan harakatlar ular tomonidan zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, shuningdek uchinchi shaxslar hayoti, salomatligi, qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish yoki fuqarolik burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan hollar bundan mustasno.

- avtotransport vositasini mastlik holatida (alkogol, giyohvand moddalar iste’mol qilgan va h.k.), sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boshqarish;

- tegishli toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslarga avtotransport vositasini boshqarish uchun topshirish;

- sug‘urtalangan avtotransport vositasini boshqarish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomasi bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarilishi natijasida sug‘urta hodisasining yuzaga kelishi;

- avtotransport vositasidan foydalanishda uni ekspluatatsiya qilish, yong‘in havfsizligi, yonuvchi va portlovchi modda hamda predmetlarni tashish va saqlash qoidalarining buzilishi;

- haydovchi avtotransport vositasini boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”da belgilangan svetoforning ta’qiqlovchi ishoralariga, temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish qoidalariga, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalariga rioya qilmasligi, avtotransport vositasini boshqarish chog‘ida telefondan foydalanishi, yo‘lda harakat yo‘nalishiga qarshi harakatlanishi;

- avtotransport vositasini yo‘lning notekis va sifatsiz joylarida harakatlanishi yoki o‘tkir buyumlarni bosib o‘tishi natijasida avtotransport vositasining shinasi (balonlari)ning zararlanishi, agar buning natijasida avtotransport vositasini zararlanishi, nobud bo‘lishi yoki yo‘qotilishi kelib chiqqan bo‘lmasa;

- avtotransport vositasi, uning alohida ehtiyot qismlarining doimiy ta’sir qiluvchi ekspluatatsiya omillari (tabiiy eskirish, chirish, sirtining buzilishi, yorilish, zanglash va hokazolar) natijasida zararlanishi, shuningdek, sug‘urta hodisasi yoki ob-havo ta’siri natijasida tashqi ko‘rinishining eskirishi va sifatining buzilishi.

- yetkazilgan zarar aybdor shaxs tomonidan qoplangan bo‘lsa;

- sug‘urtalangan avtotransport vositasi davlat organlarining farmoyishi bilan olib qo‘yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar;

- urush va harbiy harakatlar (urush e’lon qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar), g‘alayon, inqilob, qo‘zg‘olon, isyon, fitna, ish tashlash, hukumatni noqonuniy ravishda egallab olish, terrorchilik harakatlari, yadro reaksiyasi, yadro nurlanish yoki radioaktiv zararlanish.

Sug‘urta javobgarligi (summasi)

Avtotransport vositasining haqiqiy qiymati (narxi) doirasida sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida kelishiladigan va Sug‘urta shartnomasi (polisi)da ko‘rsatiladigan javobgarlik (summa) ning maksimal chegarasi.

Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda

Sug‘urta tovonini olish to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchining arizasi 3 kun muddat ichida yozma ravishda beriladi va quyidagilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak:

- Sug‘urta hodisasi sodir etilgan sana va uning tafsiloti;

- Zararlangan avtotransport vositasiga tegishli bo‘lgan boshqa sug‘urta shartnomalarining mavjudligi;

- Sug‘urta qildiruvchi tomonidan ko‘rilgan zararni qoplash bo‘yicha uchinchi shaxslardan olingan kompensatsiya to‘lovlari haqida ma’lumot.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

1 - avtotransport vositasi yo‘qotilganda:

a) Ushbu hodisa bo‘yicha tegishli organlar (DYHXX, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi va boshqalar) ning ma’lumotnomalari;

b) Sug‘urta polisi.

2 - avtotransport vositasi zararlangan yoki nobud bo‘lganda:

a) Ushbu hodisa bo‘yicha tegishli organlar (DYHXX, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi va boshqalar) ning ma’lumotnomalari;

b) YTHda haydovchining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi to‘g‘risidagi tibbiy bayonnoma;

v) Tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotning baholash hisoboti;

g) Sug‘urta polisi nusxasi.

Yuqoridagi har ikkala holda quyidagi xujjatlarning ham nusxalari ilova qilinishi shart:

- Haydovchining pasporti;

- Haydovchilik guvohnomasi;

- Avtotransport vositasining texnik pasporti;

- Ishonchnoma (agar mavjud bo‘lsa);

- Yo‘l varaqasi (agar mavjud bo‘lsa).

Shuningdek, Sug‘urta hodisasini tasdiqlovchi fotosurat yoki videotasmalar.