Sug‘urta ob’yekti:

Baxtsiz hodisa natijasida sug‘urtalangan shaxsning hohish irodasiga bog‘liq bo‘lmagan mayiblanishi, jarohatlanishi yoki uning vafoti bilan hayoti va salomatligiga bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari sug‘urta ob’ekti hisoblanadi.

Sug‘urta hodisasi:

Sug‘urta polisi ning amal qilish davrida kutilmagan baxtsiz hodisalar: kuyish, muzlab qolish, cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, tabiat hodisalari, portlash hamda hayvonlar tajovuzi, tishlashi, hasharotlar chaqishi natijasida shikastlanishlar, g‘araz niyatli shaxsni hujumi, Sug‘urtalangan shaxsning yiqilishi yoki ustiga biror bir jismni tushib ketishi, jismning urilishi, transport vositalarining (avtomobil, poyezd, tramvay va boshqalarni) ag‘darilishi yoki ularning harakati vaqtida yo‘l transport hodisalarida, mashina, mexanizmlardan va boshqa turdagi asboblardan foydalanayotganda olingan jarohatlar, tasodifan nafas olish yo‘liga biror narsa tiqilib qolishi, zaharli o‘simliklar, kimyoviy moddalar ta’sirida kuchli zaharlanish, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar bilan tasodifan zaharlanish, tasodifan suyak sinishi, chiqishi, bo‘g‘im va to‘qimalarning uzilishi, tana a’zolarining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi sug‘urta hodisalari hisoblanadi.

Quyidagilar Sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:

a) Baxtsiz hodisa oqibatida Sug‘urtalangan shaxsning shikastlanishi (mayib bo‘lishi) yoki o‘limi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ro‘y berganda;
b) Barcha hildagi o‘tkir surunkali va nasliy kasalliklar (shu jumladan infarkt, insult va to‘satdan a’zolarni kasallanishi, kasallikni nasldan naslga o‘tish natijasida uni rivojlanishi), anafilaktik shok va oziq - ovqat toksikoinfeksiyasi (salmonellez, ichburug‘ va boshqalar);
d) Sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan paytda yuz bergan Sug‘urta hodisasi tufayli olib borilgan davolash bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallikni davolash (tashxis qo‘yish) va oldini olish tadbirlari (dori yuborish);
e) Sug‘urta qildiruvchi (Sug‘urtalangan)ning qasddan o‘z hatti-harakatlari natijasida olgan jarohati yoki o‘limi tergov yoki sud tashkilotlari tomonidan qasddan sodir etilgan deb topilsa;
f) Sug‘urtalangan shaxs alkogolli ichimlik, giyohvand yoki zaharli moddalar ta’sirida mast holatda ichki yonuv dvigatelli yoki elektr dvigateliga ega bo‘lgan har qanday o‘zi yurar vositalar (avtomashina, mototsikl, motoroller, moped, motorli velosiped, kater yoki motorli qayiq, traktor, kombayn, trolleybus, tramvay va hakazolar)ni boshqarishi, shuningdek ana shu vositalarni boshqarishni spirtli ichimlik, giyohvand va zaharli moddalar ta’sirida mast holatda bo‘lgan shaxsga berishi oqibatida yuzaga kelgan jarohat yoki o‘lim;
g) Yadro portlashi, radiatsiya va radiaktiv nurlanish, zaharlanish ta’sirida, harbiy harakatlar, harbiy mashqlar, fuqarolar urushi, ish tashlash, xalq ko‘tarilishini har хil turlari oqibatida olingan tan jarohatlari yoki o‘lim;
h) Mehnatni himoya qilish qoidalari va sanoat sanitariyasi me’yorlarini, texnika xavfsizligini qo‘pol ravishda buzish, Sug‘urta qildiruvchi tomonidan xavfsizlik shartlarini va Sug‘urtalanganlarning mehnatini muhofaza qilish yuzasidan nazorat o‘rnatilmaganligi natijasida olingan jarohat yoki o‘lim;
i) Qarilik tufayli vafot etish sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi;
j) e, f - kichik bandlar 14 va undan yuqori yoshdagi sug‘urtalanganlarga taalluqli.

Sug‘urta shartnomasi tuzilmaydi.

Ruhiy yoki og‘ir asab kasalligi, tutqanoq, ko‘zi ojizlik, karlik, falaj kasalligining har hil turlari bilan kasallangan 1-guruh nogironlari hamda asab yoki ruhiy kasalliklarni davolash dispanseri hisobida turuvchi shaxslar va giyohvandlar bilan Sug‘urta shartnomasi tuzilmaydi.

Baxtsiz hodisalar natijasida sog‘ilig‘iga zarar yetkazilganda:

Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan baxtsiz hodisalar yoki yuqumli kasalliklar natijasida sog‘lig‘iga zarar yetkazilganda sug‘urtalovchi yoki uning agentini 30 (o‘ttiz) kundan kechiktirmasdan yozma xabardor qilishi lozim.

Sug‘urta qildiruvchi/sug‘urtalangan shaxs sug‘urtalovchiga murojaatida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart:

- sug‘urta hodisasi bo‘yicha sug‘urta pulini olish uchun ariza,

- sug‘urta polisi;

- sug‘urta hodisasi yuz berganligini tasdiqlovchi davolash muassasasining ma’lumotnomasi;

- FHDYo idorasi tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda);

- naf oluvchi (voris)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

- Vorislik huquqi to‘g‘risida notarial idora tomonidan tasdiqlangan guvohnoma nusxasi.

Zarur hollarda rentgen surati, tergov tashkilotlarining hujjatlari va boshqalar ilova qilinadi. Rentgen suratida sug‘urtalangan shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, yoshi, tekshirilgan sana va raqami ko‘rsatilgan yozuv bo‘lishi shart.

Sug‘urtalangan shaxsning yumshoq to‘qimalari, qulog‘i, ko‘zi, siydik, jinsiy a’zolari shikastlanganda sug‘urtalovchi shikastlanish oqibatlarini aniqlash maqsadida uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun mutaxassis shifokor huzuriga yuborishi mumkin.

Sug‘urtalangan shaxsning ko‘rish yoki eshitish a’zolari jarohat olgan bo‘lsa, ko‘rish va eshitish a’zolarining jarohatdan oldingi va keyingi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tibbiy muassasadan olinadi.