Sug‘urta ob’yekti

Transport vositalaridan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta ob’yektidir.

Sug‘urta xodisasi

majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga ko‘ra transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta tovonini amalga oshirishiga sabab bo‘ladigan zarar bo‘yicha javobgarligi sug‘urta qilingan, sug‘urta qildiruvchi yoki boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi

 

Quyidagilar oqibatida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi

- majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilmagan transport vositasidan foydalanishda zarar yetkazish;

- ma’naviy yetkazilgan zarar va (yoki) boy berilgan foydaning o‘rnini qoplash bo‘yicha majburiyatning yuzaga kelishi;

- transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki o‘quv haydovi davomida foydalanishda zarar yetkazilganligi;
- atrof muhitning ifloslanishi;

- tashilayotgan yuk ta’sirida zarar yetkazilishi, agar bunday javobgarlik majburiy sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sug‘urta qilinishi kerak bo‘lsa;

- xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi, agar bu zararning majburiy sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi lozim bo‘lsa;

- xodimga zarar yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash bo‘yicha majburiyati;

- haydovchining o‘zi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda tashilayotgan yukka va (yoki) ularga o‘rnatilgan asbob-uskunalarga zarar yetkazilganligi;

- yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining egasi bo‘lgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanganida zarar yetkazilganligi;

- nodir va boshqa noyob buyumlar, me’moriy yodgorliklar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlar, san’at asarlari, qo‘lyozmalar, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qog‘ozlar, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yo‘q qilinganligi;

jabrlanuvchilarning sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilgan xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan hollarda transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning o‘rni ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi kerak.

Sug‘urta mukofoti

Sug‘urta qildiruvchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi;

Yengil avtomobillarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun:

cheklangan - 56 000 so‘m,
cheklanmagan - 168 000 so‘m.

Qoraqalpog‘iston respublikasi va boshqa viloyatlar uchun:

cheklangan - 40 000 so‘m,
cheklanmagan - 120 000 so‘m.

Yuk avtomobillari, avtobuslar va mikroavtobuslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun:

cheklangen - 67 200 so‘m,
cheklanmagan - 201 600 so‘m.

Qoraqalpog‘iston respublikasi va boshqa viloyatlar uchun:
cheklangan - 48 000 so‘m,
cheklanmagan - 144 000 so‘m.

Polis bo‘yicha umumiy Sug‘urta javobgarligi (summa)

Sug‘urta qoplama summasi 40 000 000 so‘m, shundan:

65% – jabrlanuvchilarning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar qoplash uchun
35% – jabrlanuvchilarning mulkiga yetkazilgan zarar qoplash uchun

Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda:

jabrlanuvchiga (uning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) yo‘l-transport hodisasi kunidan boshlab uch kalendar kundan kechiktirmay sug‘urta polisining nusxasini topshirishi;

davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining yetib kelishini kutishi, imkoni boricha yo‘l-transport hodisasi guvohlarining familiyasi va manzilini yozib olishi;

darhol, yo‘l-transport hodisasidan keyin 72 soatdan kechiktirmay, sodir bo‘lgan hodisa haqida majburiy sug‘urta qoidalarga 6-ilovaga muvofiq yozma shaklda, sug‘urta polisining nusxasini ilova qilgan holda sug‘urtalovchiga (uning filialiga) yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi kerak. Xabarnomada hodisaning xususiyati, sodir bo‘lgan payti, ko‘rilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yo‘l-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan da’vogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar to‘liq hajmda, shuningdek sug‘urta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor bo‘lganligi va sug‘urta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda ko‘rsatilishi kerak;

sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qo‘yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi to‘g‘risida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sug‘urta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi;


Aybdor shaxs – arizasi

1. Pasport
2. Texpasport
3. Haydovchilik guvohnomasi
4. Ishonchnoma
5. Sud-med ekspertiza xulosasi
6. Polis
7. Ariza

Jabirlanuvchi Arizasi

1. Zararini aniqlash xisoboti (rasm, texpasport)
2. T/v egasining pasporti
3. Ariza

DAN xujjatlari

1. Chizma
2. Bayonnoma
3. Xulosa
4. Sud qarori (siyoxli muxr bilan)

Преимущества страхования ОСАГО в О'zagrosug'urta

Оформление в любом регионе
Нужны: СТС или ПТС, водительское удостоверение, паспорт, диагностическая карта (в случае необходимости техосмотра)
Квалифицированная помощь 24/7
Круглосуточная помощь в случае ДТП, по телефону или в чате. На место аварии может приехать наш представитель
ОСАГО с гарантией низкой цены
Постоянно улучшаем условия по ОСАГО и предлагаем клиентам оптимальную цену
Быстрое решение о выплатах
Примем решение о выплате или ремонте через полчаса после подачи заявления

Это обязательное страхование автогражданской ответственности за причинение вреда жизни, здоровью и имуществу третьих лиц при эксплуатации автомобиля.

Наличие страхового полиса обязательно для каждого автомобилиста, в том числе для осуществления регистрационных действий с автомобилем или иным транспортным средством.

ОСАГО введено в нашей стране с июля 2003 года. С этого времени появилось множество изменений в законе. Уже сегодня страховка ОСАГО может быть оформлена в электронном виде — для этого достаточно просто рассчитать стоимость полиса и оформить его через личный кабинет на нашем сайте.

Это обязательное страхование автогражданской ответственности за причинение вреда жизни, здоровью и имуществу третьих лиц при эксплуатации автомобиля.

Наличие страхового полиса обязательно для каждого автомобилиста, в том числе для осуществления регистрационных действий с автомобилем или иным транспортным средством.

ОСАГО введено в нашей стране с июля 2003 года. С этого времени появилось множество изменений в законе. Уже сегодня страховка ОСАГО может быть оформлена в электронном виде — для этого достаточно просто рассчитать стоимость полиса и оформить его через личный кабинет на нашем сайте.

Это обязательное страхование автогражданской ответственности за причинение вреда жизни, здоровью и имуществу третьих лиц при эксплуатации автомобиля.

Наличие страхового полиса обязательно для каждого автомобилиста, в том числе для осуществления регистрационных действий с автомобилем или иным транспортным средством.

ОСАГО введено в нашей стране с июля 2003 года. С этого времени появилось множество изменений в законе. Уже сегодня страховка ОСАГО может быть оформлена в электронном виде — для этого достаточно просто рассчитать стоимость полиса и оформить его через личный кабинет на нашем сайте.

Как заплатить
не выходя
из дома?

Рассчитайте стоимость ОСАГО на онлайн-калькуляторе
Оплатите страховку онлайн пополнив счет на сайте или в приложении
Полис придет на электронную почту сразу после оплаты