Yopish

Ko'p beriladigan savollar


Avtotransport vositasi sug‘urtasi (KASKO) bahosi bir qancha faktorlarga bog‘liq:
- transport vositasi bahosi;
- haydovchilar stajlari;
- tanlangan havf-xatarlar;
- sug‘urtalanayotgan transportlar soni;
- transport vositasining saqlanish va xavfsizlik sharoitlari;
- transport vositasining turi va foydalanish sohalari;
- franshizaning qo‘llanishi;
- foydalaniladigan geografik zonalar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyundagi 141-sonli qarorining 4-ilovasi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoida”larining III-Bo‘lim 33-bandiga muvofiq nogironlargamajburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan bitta transport vositasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lashda sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov (chegirma) beriladi. Shuningdek Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bo‘yicha avtotransport vositasi sug‘urta qilinmaydi balki, transport vositalari egalari va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning uchinchi shaxs oldidagi javobgarligi sug‘urta qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyundagi 141-sonli qarorining 4-ilovasi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoida”larining 12-bandi v) xatboshiga muvofiq majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga ushbu qoidalarga muvofiq shakl bo‘yicha ariza-anketada ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-anketani har bir transport vositasi bo‘yicha taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi: v) transport vositasini boshqarishga berilgan ishonchnoma yoxud ushbu transport vositasiga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat — agar majburiy sug‘urta shartnomasi transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslargina boshqarishga qo‘yilishi sharti bilan tuzilgan bo‘lsa (transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan barcha shaxslar uchun, transport vositasi egasidan tashqari)

Agar sug‘urta polisining asl nusxasi yo‘qolgan taqdirda, sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta shartnomasi tuzgan bo‘linmaga Polisning yo‘qolish sabablari ko‘rsatilgan holda murojaat etadi.

Sizning murojaatingizga binoan YTHda javobgar shaxsning noma’lumligini inobatga olgan holda siz To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasidan kompensatsiya to‘lovlarini olishingiz mumkin. (“Transport vositalari egalarining fuqaroiliq javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga kompensatsiya to‘lovi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovi quyidagilar oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi:
– sug‘urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo‘llanilganligi;
– jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma’lumligi;
– transport vositasi uni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan, egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi;
– foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi.)
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining manzili:
Manzil: 100017, Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 5-uy;
Telefon: (+998 71) 239-42-50;
Faks: (+998 71) 239-42-34;
Elektron manzil: info@tkj.uz
Vebsayt: www.tkj.uz

Sizning murojaatingizga binoan YTHda javobgar shaxsning no’ma’lumligini inobatga olgan holda siz To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasidan kompensatsiya to‘lovlarini olishingiz mumkin. (“Transport vositalari egalarining fuqaroiliq javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga kompensatsiya to‘lovi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovi quyidagilar oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi:

Agar siz sug‘urta agenti bo‘lib ishga joylashmoqchi bo‘lsangiz, siz va sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida agentlik kelishuvi imzolanadi. Sug‘urta agentiga har bir tuzilgan sug‘urta shartnomasi summasidan kelib chiqib o‘rnatilgan tartibda komission to‘lovlari to‘lanadi.

Bo‘lib o‘tgan hodisa bo‘yicha xujjatlar to‘plami sug‘urtalovchiga to‘liq taqdim etilgandan so‘ng 15 ish kuni ichida sug‘urta hodisasi deb tan olish yoki tan olinmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Hodisa sug‘urta hodisasi deb tan olingandan so‘ng sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida suug‘urta hodisasini tan olish dalolatnomasi imzolangandan so‘ng 5 ish kuni ichida to‘lab beriladi.