Yopish

Qayta sug'urtalash

Chop etish uchun versiya

1. Qayta sug'urtalash va xalqaro munosabatlar departamenti

1.1 Departamentning vazifalari va funksiyalari

1.1.1  Jamiyat Ustavida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Departament Jamiyat nomidan quyidagi vazifalarni bajaradi:
-Jamiyat nomidan Respublika sug‘urta bozoridagi hamda chet el sug‘urta, qayta sug‘urta va brokerlik jamiyatlari, tashkilotlari bilan qayta sug‘urta shartnomalarini tuzish;
- Qayta sug‘urtalashning qulay shart-sharoitlarini tanlash va yaratish;
- Respublikamiz hamda chet el sug‘urta, qayta sug‘urta va brokerlik jamiyatlari, tashkilotlaridan qayta sug‘urta majburiyatlarini qabul qilish;
- Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda hamda Jamiyatning moliyaviy ahvoli yomonlashishini oldini olish maqsadida, qaltislik darajasi yuqori bo‘lgan sug‘urta majburiyatlarini respublika yoki chet el sug‘urta, qayta sug‘urta va brokerlik jamiyatlari, tashkilotlariga qayta sug‘urtaga berish;
- Qayta sug‘urtalash operatsiyalarini tahlil qilish, tuzilgan qayta sug‘urta sliplarini hisobotini yuritish va nazorat qilish;
-Jamiyatning qayta sug‘urtalash “pul”larida ishtirokini maqsadga muvofiqlik masalasini o‘rganib chiqish;
- Qayta sug‘urtalash operatsiyalarida moliyaviy vositalarni kuzatib borish va nazorat qilish;
- Qayta sug‘urta sohasida respublika va chet el sug‘urta, qayta sug‘urta hamda brokerlik jamiyatlar, tashkilotlar bilan tajriba almashinish, ular bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
- Respublika va chet elda bo‘lib o‘tadigan sug‘urta va qayta sug‘urta sohasiga oid konferensiyalar, anjumanlar va tadbirlarda Jamiyat nomidan ishtirok etish masalalarini ko‘rib chiqish;

1.1.2. Departament o‘ziga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- Departament ish faoliyatida ko‘rsatayotgan xizmatlarini raqobat jamiyatlar o‘rtasida yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lishi uchun doimiy monitoring ishlarini yuritib turish;
- Tuzilgan qayta sug‘urta shartnomalari va sliplar bo‘yicha ma’lumotlarni maxfiyligini ta’minlash;
- Departament ko‘rsatayotgan sug‘urta va qayta sug‘urta xizmatlarini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish;
- Qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha kelib tushgan da’vo hujjatlari yuzasidan zarur hollarda tegishli taklif va xulosalarni berish;
-Jamiyat tizimida qayta sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini ko‘rish;
-Jamiyat rahbariyati topshirig‘i bilan Jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa funksiyalarni amalga oshirish.

1.2 Departamentning tarkibiy tuzilmasi

 

2. Qayta sug'urtalash faoliyatining qonuniy asoslari

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi PQ-1544 sonli Qarori
                     Sug’urtalovchilar ushun ustav kapitalining eng oz
                                                     MIQDORLARI
                                                                                        (ekvivalenti ming yevro)

                Sug’urta faoliyati turlari

2012 yil 1 iyuldan

2014 yil 1 iyuldan

Umumiy sug’urta sohasida

1 125,0

 1 500,0

Hayotni sug’urtalash sohasida

1 500,0

2 000,0

Majburiy sug’urtalsh sohasida

2 250,0

3 000,0

Faqat qayta sug’urtalash bo’yicha

5 000,0

6 000,0

 

- 2011 yil 29 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2190 son bilan ro’yxatga olingan “Qayta sug’urta qilish xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlari tog’risida” gi nizom (O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010 yil 27 dekabrdagi 111 sonli buyrug’i) 
 
- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2008 yil 12 maydagi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1806 tartib raqam bilan ro’yxatdan o’tgan buyrug’i bilan 2008 yil 22 aprelda 41 son bilan tasdiqlangan “Sugurtalovchilar va qayta sug’urtalovchilarning to’lov qobiliyati to’g’risida” gi nizom.  
 

3. Qayta sug'urtalash faoliyatidagi standart tushunchalar

qayta sug‘urta qilish — sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi;
qayta sug‘urtalovchi — faqat qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoxud sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs, o‘zi joylashgan davlat qonun hujjatlariga muvofiq, qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega chet el sug‘urta tashkiloti;
qayta sug‘urta qildiruvchi — o‘ziga qabul qilgan tavakkalchiliklarni qayta sug‘urtaga beruvchi sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi);
qayta sug‘urta qilish shartnomasi — ushbu shartnomaga muvofiq qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qilish shartnomasida kelishilgan to‘lov (qayta sug‘urta mukofoti) evaziga qayta sug‘urta qilish shartnomasi shartlari asosida qayta sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi bo‘yicha aniqlangan sug‘urta tovonini (sug‘urta summasini) to‘lash majburiyati bilan bog‘liq xarajatlarini to‘liq yoki qisman qayta sug‘urta qildiruvchiga (yoki u tomonidan ko‘rsatilgan boshqa shaxsga) qoplab berish majburiyatini oladi;
retrotsessiya shartnomasi — qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra qayta sug‘urtalovchi o‘zi tuzgan qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta majburiyatlarining bir qismini yoki to‘liq qismini boshqa qayta sug‘urtalovchiga beradi;
qayta sug‘urta qilish slipi — qayta sug‘urta qilishga berilayotgan tavakkalchilikni sug‘urta qilishning asosiy shartlarini o‘z ichiga olgan va uni yuborish yo‘li bilan qayta sug‘urta qilish to‘g‘risidagi bosh shartnoma (bitim) asosida qayta sug‘urtalovchiga qabul qilish uchun tavakkalchiliklar taklif qilinuvchi hujjat;
brokerlik slipi — qayta sug‘urta brokerining qayta sug‘urtalovchiga qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ofertasi;
obligator qayta sug‘urta qilish — qayta sug‘urta qilishning shunday shakliki, unda qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urtalovchi bilan tuzgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi shartlariga ko‘ra ushbu shartnoma ta’sir doirasiga kiruvchi asosiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha tavakkalchiliklarni qayta sug‘urtalovchiga qayta sug‘urta qilishga berishga, qayta sug‘urtalovchi esa ushbu tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga qabul qilishga majburdirlar;
fakultativ qayta sug‘urta qilish — qayta sug‘urta qilishning shunday shakliki, unga ko‘ra qayta sug‘urta qildiruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga beradi, qayta sug‘urtalovchi esa o‘z ixtiyoriga ko‘ra ushbu tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga oladi;
proporsional qayta sug‘urta qilish — qayta sug‘urta qilishning shunday turiki, unga muvofiq qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash borasidagi majburiyati qayta sug‘urta qilish shartnomasida kelishilgan proporsiyada (foizlarda) aniqlanadi;
noproporsional qayta sug‘urta qilish — shunday qayta sug‘urta turiki, u bo‘yicha barcha hisob-kitoblar asosiy sug‘urta yoki qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha zararlar miqdoriga asoslanadi, qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati qayta sug‘urta qildiruvchining qayta sug‘urta qilish shartnomasida o‘rnatilgan tartibda hisoblangan yakuniy zarari miqdori qayta sug‘urta qilish shartnomasida kelishilgan miqdordan ortganda yuzaga keladi.

4. Kompaniyaning qayta sug'urtalash faoliyati bo'yicha asosiy ko'rsatkichlari

“O’zagrosug’urta” AJ Qayta sug’urtalash va xalqaro munosabatlar departamentining 2013-2016 yillardagi asosiy ko’rsatkichlari

 

Ko’rsatkichlar

O’lchov birligi

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil

Qayta sug’urtaga qabul qilingan sliplar soni

dona

774

1525

2009

1466

Qayta sug’urtaga qabul qilingan majburiyatlar

mlrd.UZS

3 529,26

10 158,40

13 607,66

9 268,53

Qabul qilingan qayta sug’urta mukofotlari

mlrd.UZS

2,94

11,94

23,43

20,40

5. Xalqaro hamkorlik

Kompaniya tomonidan xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib Germaniyaning “Hannover Re” hamda Shvetsariyaning “Swiss Re” qayta sug’urta kompaniyalari, Buyuk Britaniyaning Loyds sug’urta birjasi rasmiy sug’urta brokeri “Direct Insurance London Market”, Koreyaning “ENC Plus Insurance Brokers Co., Ltd.”, Hindistonning “Pioneer Insurance & Reinsurance Brokers Pvt. Ltd.”, Rossiyaning “Skala sug’urta brokeri” va “Top Time sug’urta brokeri” hamda Qozog’istonning “MOI” sug’urta va qayta sug’urta brokerlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.