Sayt beta-versiyada.

    Umidjon Boybekov toshqin yuz bergandan bir oy o‘tib, shu hafta o‘zining baliqchilik faoliyatini qayta tiklash va  200 gektardan ortiq xavzani tozalashga qaror qildi. Ish ko‘lami ko‘p vaqt va harajat talab qilgani bois, u zarur texnika vositalari davlat tomonidan bepul ta’minlanishidan umidvor.

  • O‘zbekiston bozordagi eng haridorgir zog‘ora, amur va do‘ng peshona baliq navlaridan tahminan 500 tonna yetishtirishni mo‘ljallangan edik. Afsuski,  ko‘rilgan umumiy zarar 3 milliard so‘mdan oshishi mumkin”, deydi telefon orqali bergan suhbatida “Navruz qut baraka” MCHJ rahbari U.Boybekov.

    Baliqchilik mavsumiy biznes. Shuning uchun fermer xo‘jaligiga muvaqqat ishchilar yollanadi. Mavsumga qarab 5-30 nafargacha ishchi kuchi talab etiladi. Kuzda baliq sotish boshlanadi. Baliq naviga ko‘ra, narx-navosi 25-35 ming so‘m qiymatda sotiladi. 

  • Mirzaobod baliqchilikka ixtisoslashgan rayon. Bizning “Mirzacho‘l” mahallamizda yo‘q deganda 40 tacha shunday fermer suv toshqinidan zarar ko‘rdi. Eng yomoni, ularning 50-60 foizida na hovuz va na baliqlar sug‘urtalanmagan. Shundan kelib chiqib, aksariyat tadbirkor va fermerlar faoliyatini davom ettirish uchun Hukumatdan yordam so‘rashga majbur, — deya muammoning boshqa muhim tomoniga e’tibor qaratdi Umidjon aka.  

    “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati “Navruz qut baraka” MCHJga qarashli baliqchilik xavzasi va binolariga yetkazilgan zarar bo‘yicha 138 million so‘mlik sug‘urta qoplamalarini to‘liq amalga oshirdi.

     Ta’kidlash joizki, global iqlim o‘zgarishi muammosi tobora favqulodda vaziyat sodir bo‘lishini odatiy holga aylantirmoqda. Qattiq qor-yomg‘ir, do‘l yog‘ishi, haddan tashqari jazirama, qurg‘oqchilik, kuchli shamol, yong‘in yoki toshqin oqibatlari fermer xo‘jaliklarining uylari va tirikchiliklariga tahdid solmoqda.

     — Fermerlar hamon falokat bilan kurashmoqda. Aqlli tadbirkor bunday kurashni ancha avvalroq boshlaydi. “O‘zagrosug‘urta” AJ garovga qo‘yilgan mulkim uchun tovonni tez fursatda fermer xo‘jaligi hisob raqamiga ko‘chirib berdi. Bu bilan ko‘rilgan zararning bir qismi qoplanadi, xolos. Kech bo‘lsada bildimki, har qaysi biznesmen favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq hatarlarni doim sug‘urtalashi va moliyaviy xizmatlardan doimo foydalanishi ma’qul. Zero, favqulodda holatlarda davlat yordamiga ko‘z tikish haqiqiy tadbirkor uchun vaziyatdan chiqishning eng maqbul yo‘li emas, deb fikrini yakunladi tadbirkor U.Boybekov.

    “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga, ularning bizneslari to‘xtab qolmasligi va moliyaviy holati tezroq tiklanishi uchun aniqlangan zararlar qisqa muddatlarda qoplanishiga e’tibor qaratilmoqda.  Xususan, so‘nggi bir oy ichida tabiiy ofatlar uchun to‘langan sug‘urta tovoni qariyb 5 milliard so‘mni tashkil qildi.

  • “O‘zagrosug‘urta” AJ
  • Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538