Sayt beta-versiyada.

    Sug‘urta sohasida kutilmagan xatarlar hisobiga manfaat ko‘rish ancha mushkul. Ushbu moliyaviy xizmatdan daromad olish uchun katta matematik hisob-kitoblar yoki tajribaning o‘zi kamlik qiladi. Bunda asosiy talab ko‘p jihatdan tabiatning kutilmagan injiqliklari va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarga tayyor turishdir.

    Karantin holati joriy etilganiga roppa-rosa ikki oy bo‘ldi. Tojdor virus pandemiyasi, kuchli shamol talafotlari va suv toshqini singari ketma-ket yuz bergan ko‘ngilsiz hodisalar ko‘plab tashkilotlarning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir etayoganini yarim yillikka oid iqtisodiy hisobotlarda kuzatish mumkin bo‘ladi.

    “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati karantin davrida umumiy hisobda qariyib 4 milliard so‘mdan oshiq sug‘urta tovoni to‘ladi. Shundan 2,5 milliarddan ortiq to‘lov Buxorodagi kuchli shamol natijasida garovga qo‘yilgan mol-mulk va qishloq xo‘jaligi sohasiga yetgan zarar hisoblanadi.

    Bu yilgi bahor mavsumi yog‘ingarchilik, do‘l, sel, kuchli shamol umuman olganda tabiiy ofatlar ko‘p bo‘ldi. Bunday tabiiy ofatlardan asosan qishloq xo‘jaligi jiddiy zarar ko‘radi. Suv toshqini, me’yordan ortiq yomg‘ir yog‘ishi oqibatida ekin payhon bo‘ladi, hosildorlik kamayadi yoxud dalada turli zararkunanda xashorat ko‘payadi. Shundan kelib chiqib, “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining butun respublika bo‘ylab barcha filial, bo‘linma va sug‘urta markazlarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aniqlangan sug‘urta holatlari yuzasidan to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etishda mas’uliyat hamda nazorat o‘rnatildi. Ayniqsa, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda ishchi guruhlar ish tartibi kuchaytirildi.

    Sir emaski, bugun shaxsan Davlatimiz rahbari tomonidan nazoratga olingan Sardoba suv ombori falokati har birimizning diqqat markazimizda turgan asosiy masalalardandir. Mazkur suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda Hukumat komissiyasiga hammohang ravishda “O‘zagrosug‘urta” AJ mas’ullari voqea joyiga borib holatni o‘rgandi. Tezkor ishchi guruh tuzilib, viloyatning eng ko‘p zarar ko‘rgan Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Natijada, tadbirkorlar va aholining baliqchilik bo‘yicha ko‘rilgan zararlari uchun 100 million so‘mdan oshiq tovon to‘lab berilishini nazarda tutilmoqda.

    Ayni paytda, “O‘zagrosug‘urta” AJ ishchi guruhi suv toshqinidan zarar yetgan hududlar bo‘yicha olingan sug‘urta majburiyatlari, aholining garovga qo‘yilgan mol-mulki va qishloq xo‘jaligi ekinlari miqdori bo‘yicha yakuniy xulosalar tayyorlamoqda.

    Aytish o‘rinli, Navoiy viloyatidagi sel kelishi bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, ko‘rilgan zararni qoplash maqsadida dastlab 30 million mablag‘ ajratildi.

    Qo‘shimcha aytish joizki, Jamiyatga tushgan barcha murojaatlar o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rib kelinmoqda.

  • “O‘zagrosug‘urta” AJ
  • Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
523

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
460