Sayt beta-versiyada.

     Ma’lumki, joriy yil 27 apreldan 28 aprelga o`tar kechasi Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida sodir bo`lgan tabiiy ofat aholining bino-inshootlariga, qishloq xo`jaligi ekinlariga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning boshqa mulklariga katta talofat yetkazdi.

     Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bo`lgan tabiiy ofatda sug’urta kompaniyalari ko`rilgan talofatlarda chetda turibdi, sug’urta tovonlari to`lanmayotganligiga urg’u berib, ma’lumotga ega bo`lmasdan bong uribdi.

     Aytish joiz, “O`zagrosug’urta” AJ Boshqaruvi rahbari boshchiligidagi tashkilotning Ishchi guruhi o`sha kuniyoq Buxoro viloyatiga yetib bordi va hududdagi mavjud holatni joyida o`rganishga kirishdi.

     O`rganishlar shuni ko`rsatmoqdaki, (01.05.2020 y. holatiga) viloyatning eng ko`p talofat ko`rgan hududi – Olot tumanida 35 ta fermer xo`jaligining 607 gektar g’alla maydoni jiddiy zarar ko`rgan.

     Hozirda, tezkorlik bilan sug’urta xodimlari tomonidan sug’urta qildiruvchilarning mol-mulklarga yetkazilgan zararlar baholanmoqda va sug’urta javobgarligidan kelib chiqqan holda sug’urta tovonlari to`lab berilish choralari ko`rildi. Ko`rilgan choralar natijasida xalqimizning mol-mulki, qishloq xo`jaligi ekinlari va bino-inshootlariga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida (27 aprel – 1 may holatiga) 2 mlrd.so`mga yaqin sug’urta tovoni to`lab berilmoqda va aytish mumkin bu jarayon izchil davom ettiriladi.

     Karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, mijozlar ishonchini oqlash hamda ularga qator yengilliklar yaratish maqsadida to`lov hujjatlarini elektron taqdim etish (info@agros.uz) imkoniyati yaratilgan bo`lib, bu mijozlar vaqtini tejashga va karantin davrida ortiqcha ovoragarchiliklarsiz sug’urta pullarni olishlari uchun yengillik yaratishga xizmat qiladi.

     Ta’kidlash joiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 10 iyul kuni mamlakatda sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalariga bag’ishlab yig’ilish o`tkazilgan, unda sug’urta sohasining bugungi holati tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor yo`nalishlari belgilangan. Shundan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustda “O`zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to`g’risida”gi PQ-4412-sonli Qarori qabul qilingan.

     O`ylaymizki, mualliflar bir narsani yozishdan oldin to`liq ma’lumotga ega bo`lib keyin chop etishsa maqsadga muvofiq bo`lar edi.

 

“O`zargosug’urta” AJ Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
524

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
521

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
461