Sayt beta-versiyada.

"Ozagrosug’urta" karantin davrida 15 milliard so‘m tovon to‘ladi

Global karantin ko‘plab mamlakatlarning iqtisodiyotini og’ir holatga olib keldi. Aksariyat yirik kompaniyalarda ish o‘rinlarining keskin qisqarishi yoki o‘z faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatishi ortidan ishsizlik tobora ortib bormoqda. Dunyoda koronavirus (COVID-19) tufayli moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish birlamchi masalaga aylandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan koronavirus tahlikasining O‘zbekistonga salbiy ta’sirini yumshatish to‘g’risidagi ko‘rsatmalariga hammohang ravishda “O‘zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati jismoniy va yuridik shaxslarga  sug’urta tovonlarini qoplashga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yuzaga kelgan sug’urta hodisasi bo‘yicha zararlarni tezkor hisoblash hamda to‘lovlarni o‘z vaqida amalga oshirish borasida kompaniyada tizimida nazorat yanada kuchaytirildi. Favqulodda ko‘rilgan sa’i-harakatlar natijisida 2020 yil birinchi choragi bo‘yicha 15 milliard so‘mdan ortiq moliyaviy zarar to‘lanishiga erishildi.

Sinovli kunlarda mijozlar ishonchini oqlash, ularga sifatli, uzluksiz va masofaviy xizmat ko‘rsatish ustuvor vazifalarga aylandi.

E’tirof etish joiz, hozirda "O‘zagrosug’urta" AJ aholining sug’urtaviy himoyasini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga barcha turdagi majburiy sug’urta polislarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan.

Buning uchun, “O‘zagrosug’urta” AJning internetdagi rasmiy veb-sayti agros.uz, telegram kanali @uzagrosugurta_aj yoki PlayMarket orqali kompaniyaning mobil ilovasini yuklab olish talab etiladi.

Yana bir muhim qulaylik shuki, endilikda "O‘zagrosug’urta" AJ mijozlari muddati tugagan sug’urta polisilarini onlayn tarzda uzaytira olishadi.

Endi hammasi qulay va oson. Uyda turib sog’lingiz, mulkingiz yoki biznesingizni sug’urta qiling va o‘z xotirjamligingizni kafolatlang.

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
524

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
461