Sayt beta-versiyada.

Sir emaski, mamlakatimizda sinovli kunlar davom etmoqda. Dunyoda kechayotgan global karantin holatining O‘zbekiston iqtisodiyotiga zararli ta’sirini yumshatish bosh maqsad hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni so‘zsiz va samarali ijrosini ta’minlash hamda bugungi tahlikali holatdan eson-omon o‘tish jarayonlarida hissa qo‘shish maqsadida “O‘zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyatida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Hozirda "O‘zagrosug’urta" AJ kompaniyasi aholining sug’urtaviy himoyasini ta’minlash maqsadida masofaviy sug’urta xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Endilikda, barcha jismoniy va yuridik shaxslar barcha turdagi majburiy sug’urta polislarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyatiga ega. 

Buning uchun “O‘zagrosug’urta” AJning internetdagi rasmiy veb-sayti agros.uz, telegramdagi @agrosugurta_aj kanali yoki PlayMarket orqali kompaniyaning mobilь ilovasini yuklashingiz lozim bo‘ladi. Ayniqsa haydovchi va ish beruvchilar diqqatiga eslatib o‘tamiz, agar Sizning sug’urta polisining muddati tugagan bo‘lsa, onlayn tarzda uning muddatini uzaytirish imkoniyati mavjud. Batafsil ma’lumot uchun kompaniyaning ishonch telefoni yoki viloyatlardagi maxsus telefon raqamlarga bog’lanishingiz mumkin. 

Endi hammasi qulay va oson. Sog’lingiz, mulkingiz yoki biznesingizni sug’urta qiling. Unutmang, biz birga kurashamiz va birga yengamiz. “Uyda turib sug’urta polislarini harid qiling va o‘z xotirjamligingizni kafolatlang”.

“O‘zagrosug’urta” — yillar davomida oqlangan ishonch!

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
587

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
539