Sayt beta-versiyada.

    Hozirgi kunda “sug’urta madaniyati” iborasi tez-tez tilga olinmoqda. Aslida, bu atamada aholining sug’urta xizmatidan xabardorligi, foydalanish qamrovi hamda kundalik turmush tarzining bir qismiga aylanganlik holati tushuniladi. Ushbu moliyaviy xizmatlar mohiyatini anglash, qabul qilish yoki rad etish insonning sug’urta madaniyati darajasini aniqlovchi indikator sifatida ko‘riladi.

    Zamon rivojlanib, yangi kasblar, yangi bilimlar paydo bo‘lmoqda. Xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirishda, avvalambor kadrlar salohiyatini talab darajasiga yetkazish lozim.

    Jamiyatni xatarlar bilan hisoblashishga o‘rgatish va aholi turmush tarzida moliyaviy tavakkalchiliklarni bo‘lishish ko‘nikmasi shunchaki sodir bo‘lmaydi. Mutaxassislar fikricha, fuqarolarning sug’urtaga ishnonchsizligi yoki bilimsizligi soha rivojiga salbiy ko‘rsatayotgan asosiy omil emas. Depsinishning asl sababi xizmat ko‘rsatish sifatining pastligidir.

    Bugungi islohotlar, ochiqlik va oshkoralik davrida aytish lozimki, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mijozlar xohishlariga ko‘ra yangi sug’urta turlarini rivojlantirish, sug’urta bozorida sog’lom va halol raqobat muhitini yaratish muhim vazifalar hisoblanadi.

    Shuning uchun jamiyatimizda to‘lov jarayonlarini soddalashtirish, aloqador tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va barcha zaruriy hujjatlarni raqamlashtirish borasida qator choralar ko‘rilmoqda. Bu esa kelgusida xizmatlar sifati yaxshilanishiga va ixtiyoriy sug’urta turlarining ommalashishiga xizmat qiladi.

    Jamiyatda sug’urta xizmati yetarli darajada ommalashmaganligi huquqiy savodxonlik bilan bog’liq. Bunday xulosa “O‘zagrosug’urta” AJ pochta manziliga har oy kelib tushadigan shikoyat xatlari tahlillariga asoslangan bo‘lib, murojaatlarda asosan 3-4 xil odatiy masala tilga olinadi. Kimdir sug’urta polisi bo‘lsada tovon to‘lanmadi desa, boshqasi to‘lov kam bo‘ldi, qayta ko‘rib chiqishni so‘raydi. Aslida, murojaatchilarning hamma savoliga javob ular bilan tuzilgan shartnomada aks etgan bo‘ladi. Xususan, sug’urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak, qanday hujjatlarni qancha vaqt ichida taqdim etish lozimligi qayd etib qo‘yilgan. Mana shunday tushunmovchiliklar ko‘pchilikda sug’urta xizmatiga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘lishiga olib keladi.

    “O‘zagrosug’urta” AJ 140 turdagi sug’urta xizmati ko‘rsatadi, shulardan faqat 8 tasi davlat tomonidan majburiy tartibga solinadi. Ko‘rinadiki, xizmatlar asosan ixtiyoriy sug’urta turlariga to‘g’ri keladi. Biroq ixtiyoriy sug’urtadan odamlar deyarli foydalanmaydi va yetarli ma’lumotlarga ham ega emas. Ammo respublikamizda faoliyat yuritayotgan chet el korxonalari va xorijiy vakolatxonalar barcha, shu jumladan, xodimlar sog’lig’i bilan bog’liq xatarlarni sug’urta qilishadi. Demak, oldimizda o‘z xalqimiz va korxonalrimizdasug’urta madaniyatini oshirishdek keng qamrovli vazifalar turibdi.

    Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 10 iyulda sug’urta bozorini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig’ilishda ustuvor masalalarga e’tibor qaratildi. Xususan ko‘rsatish sifati va ko‘lamini kengaytirish, kadrlar salohiyati va malakasini oshirish, sug’urta xizmatining yalpi ichki ikki barobarga ko‘paytish vazifalari shular jumlasidandir.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-4412-sonli Qarori hamda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar mamlakat sug’urta bozori jozibardorligini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

    Shu asnoda “O‘zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyatida 5 ta sug’urta turi bo‘yicha onlayn polis sotish yo‘lga qo‘yildi. Onlayn xizmatlar — avvalambor, mijozlarga qulaylik yaratadi, shuningdek, aholining boshqa sug’urta turlari bo‘yicha xabardorligini oshiradi.

    “O‘zagrosug’urta” kadrlar malakasini yuksaltirish, targ’ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish, hisobotlarni xalqaro standartlarga o‘tkazish va aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish ustuvor vazifalar etib belgilandi. Malakali agentlar tayyorlashning optimal tizimini yaratish shular jumlasidandir. Chunki kompaniya polislarini sotadigan agentlar salohiyati sug’urta bozoridagi og’riqli masalalardan hisoblanadi.

    Yaponiyada 500 ta talabgordan atigi 5 nafari sug’urta agenti sifatida tanlab olinadi. Bizda esa bu borada deyarli hech qanday talab yo‘q. Maktabni bitirib, sug’urta agenti sifatida faoliyat yuritish mumkin. Vazifasi ham sodda, ofisda o‘tirib majburiy sug’urta turlari bo‘yicha polis rasmiylashtirishdan iborat. Aslida, agent vazifasiga kompaniya xizmatlari to‘g’risida keng xabardormutaxassislardan tanlab olinishi kerak. Shundan kelib chiqib, “O‘zagrosug’urta” AJ agentlar tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun sarmoya ajratilishni rejalashtirgan. Chunki malakali agentlar bilan tizimda sug’urta jozibadorlini oshirish borasida yangi yondashuv paydo bo‘ladi.

    Sug’urta tashkilotining asosiy targ’ibotchisi, uni xalqqa yetkazuvchi vosita agent va ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Targ’ibot-tashviqot ishlarini yanada jonlantirish, ochiq muloqotlarni ko‘paytirish, OAVlarda chiqishlar sonini yanada oshirish hamda takror va takror ta’kidlash joiz malakali agentlar tayyorlash tizimini yaratish lozim. Zero, sug’urta xizmatlari ko‘lamini oshirish uchun mijoz bilan ishlash talab etiladi. Malakali agentlar orqali mijozlarning talab va ehtiyojlariga mos sug’urta xizmatlari ko‘rsatilsa, polislar sotilishining ortishiga olib keladi. Bu esa o‘z-o‘zidan aholining sug’urta madaniyati shakllanganligidan dalolat beradi.

    Albatta, bu jarayonda sug’urta hamjamiyatining va O‘zbekiston sug’urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasining roli ustuvor bo‘lishi zarur. Bu esa, avvalambor, sug’urta tashkilotlarining, moliya va barcha iqtisodiy institutlarining hamnafas va muvofiq rivojlanishini talab etadi.

    Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning sifatli ijrosini ta’minlash sug’urta bozorini jahon standartlari asosida taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.

 

Sarvar OTAMURATOV,
“O‘zagrosug’urta” AJ Boshqaruvi raisi

 

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538