14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni!
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni!
“— Bolam 70 dan oshdim, umrimning gullagan payti paxtazorlarda yer chopish bilan o‘tdi, — deb yoshlik chog‘larini eslaydi Marziya momo. Ilgari kolxozda ko‘p yillar brigadirlik qilganman. Keyin 2004 yildan to 2017 yilga qadar mana shu fermer xo‘jaligida rahbar bo‘lib ishladim. Hozirda fermani o‘g‘lim Lutfullo boshqaradi. Ammo nafaqada bo‘lsamda, daladagi hamma ishlarga o‘zim bosh-qoshman. Doim paxta va g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajarib kelganmiz. Bultur desangiz, qariyb 65 gektarga chigit qadab, mo‘l-ko‘l hosil olishni udda qilolmadik. Shunday jarima bo‘ldiki, quyosh hamma yoqni yondirdi. Bor hosilni zararkunandalar yeb bitirdi. Lekin sug‘urta Jamiyatiga rahmat, 157 million so‘mlik ko‘rilgan zararni qoplab berdi. Shundan beri kimni ko‘rsam aytamanki, ehtiyotingni qilib yur, ko‘za kunida sinadi. Meni eski fermer deb ko‘plar maslahatga keladi. Ularga “O’zagrosug‘urta”bilan shartnoma qiling, kam bo‘lmaysiz, deyman”.
— Ekin turlarini ko‘paytirmoqchimiz. Mavsumga mos bozorbop poliz ekinlari, sabzavotlar, yem-xashak ekish mumkin. Chora qilsa ham bo‘ladi. Biz faqatgina faoliyatimizga yangilik kiritmoqchi emasmiz, balki sug‘urta xizmati bilan ham hamkorligikni kuchaytirishni reja qilyapmiz. Chunki, ziyonga chiqishdan hech kim kafolatmaganligini ko‘rdik. Yomoniga tayyor tursangiz, yaxshisi o‘zi keladi, o‘g‘lim.
" — Toshkent yo‘llar institutini 1983 yil muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlaganman, deb gap boshladi Hamid Karimov. — O’zim yo‘l qurilishda uzoq yillar rahbar va turli lavozimlarda ishlaganman. 2017 yildan boshlab “Termiz trans yo‘l servis” MCHJda rais o‘rinbosari vazifasida ishlayman. Korxonamiz yo‘l qurilish sohasi uchun temir-beton mahsulotlari, zarur jihozlar ishlab chiqaradi va transport xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Asosan yuklarni tashib beramiz. O’tgan yil Boysunda korxonamizning yuk avtomashina haydovchisi yo‘l transport xodisasiga uchradi. U qiyalik bo‘ylab harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish binosiga borib urilishi oqibatida vafot etdi. Haydovchi yosh yigit edi. Farzandi hali emizikli. Barcha xodimlar sug‘urta himoyasiga olinganligi bois ko‘rilgan barcha moddiy zararni “O‘zagrosug‘urta” AJ qoplab berdi. Arzimas pulga xodimlarni sug‘urta qilganmiz. Lekin baraka topishsin, marhumning turmush o‘rtog‘iga 64 million so‘m o‘tkazib berishdi. Bundan tashqari, chaqoloq parvarishi uchun oyma-oy 250 ming so‘m to‘lashmoqda".
"— Bilasizmi, falokat oyoq ostida, u kutilmaganda keladi. O‘z tajribamda bunday voqeliklarga ko‘p guvohman. Shuning uchun qaysi korxona rahbari bilan uchrashsam, albatta, sug‘urta qilish lozimligi haqida targ‘ib qilaman. Kompaniyangiz faoliyatiga omad, qilayotgan hayrli ishlaringiz bardavom bo‘lsin. Og‘ir kunlarda o‘ksik qalblarga yorug‘lik ulashishdek savobli ishingiz uchun Parvadigor barchangizni siylasin", — deb mulzamgina qo‘llarini duoga ochib suhbatimizni yakunladi H.Karimov.