Sayt beta-versiyada.

     Fasli navbahorning qadimiy va gо‘zal ayyomi Navrо‘zi olam arafasida kо‘cha-kо‘ylar, mahallalar yon-atrofini ozoda, pokiza va  saranjom holga keltirish mamlakatimizda о‘zgacha bir an’anaga aylanib qolgan.

   

    Shu bois O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida «Obod yurt» umumxalq obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish xayriya hashari aktsiyasini о‘tkazish tо‘g‘risidagi”gi farmoyishi e’lon qilindi. Farmoyishda umumxalq hasharini kо‘tarinki kayfiyatda, har yilgidan ham о‘zgacha bir shukuh bilan о‘tkazish belgilab olindi. Hashar, avvalo, inson qalbidan boshlanadigan, unga ezgulik, mehr-muhabbat urug’ini qadaydigan xalqimizga xos qadriyatdir.

    Hashar — necha ming yillar mobaynida odamlarning boshini qovushtirib, ularni insonparvarlik, saxovatpeshalik, saranjom-sarishtalik kabi ezgu amallarga chorlaydi.

   

    Ushbu qadriyatning yana bir e’tiborli jihati shundaki, u insonlar о‘rtasida mehr-oqibat rishtalari, hamjihatlik, ayniqsa, yoshlar qalbida mahalla-kо‘yga, ona-Vatanga muhabbat, daxldorlik tuyg’ularini mustahkamlaydi.

    Bugun erta tongdan “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati jamoasi yeng shimarib, о‘zbekning uzoq yillik qadriyati — hasharda faol bо‘lishdi.

  • “O‘zagrosug‘urta” AJ,
  • Axborot xizmati.

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
523

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
460