Sayt beta-versiyada.

    Rivojlangan mamlakatlarda aholining atigi bir foizi qishloq xo‘jaligida band. Shunga qaramay, ichki bozor oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanadi va dunyoning ko‘plab davlatlariga eksport qilinadi. Sababi u yerda maktabni arang tugatgan odam emas, balki oliy ma’lumotli, qator ilmiy tajriba va kashfiyotlar mualliflari fermer deyiladi. Fermer muntazam hosildorlikni oshirish va yuqori daromad olish ustida ishlaydi, sohaga inson tafakkurining so‘nggi mahsulini qo‘llashga intiladi. Buning uchun izlanish, o‘qish va o‘rganishni kanda qilmaydi. Albatta, ularning moliyaviy holati ham, salohiyat singari ancha farqlanadi. 
    Taraqqiy etgan davlatlarda aholining yarmidan ko‘p qismi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritadi. Shu jihatdan, moliyaviy xizmatlarning o‘rni beqiyos. Moliviy xizmatlar — turli xatarlardan muxofaza qilishda G‘arb fermer xo‘jaliklarining asosiy hamkori hisoblanadi. Chunki har qanday biznes xatarsiz bo‘lmaydi. Boshqaruvchida tadbirkorlik qobiliyati bo‘lmasa, muvaffaqiyatga erishish dargumon. Shuning uchun, kuchli ishbilarmon o‘z sohasidan tashqari iqtisodiy va huquqiy bilimlarni puxta egallashi lozim bo‘ladi. Aytish joizki, fermerlarga hammohang ravishda sug’urta tashkilotlari ham keskin talablar va raqobatning rivojlanishi ta’sirida jozibadorligi oshib bormoqda. 
          
    “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mijozlar fikrini o‘rganishga qaror qildi, chunki Jamiyatda xizmatlar sifati va ko‘lamini kengaytirish muhim vazifalar etib belgilangan. Shu maqsadda dastlabki safar Qashqadaryo viloyatiga  uyushtirildi. Albatta, Jamiyat asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashganligi tufayli ilk suhbatdoshlarimiz fermerlar bo‘ldi. 
    “Choriev Xusniddin” fermer xo‘jaligi 2002 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosan paxta va g’alla yetishtirish bilan shug’ullanadi. Fermer xo‘jaligi rahbari Choriev Xusniddin 67 yoshda, uni odamlar Hoji bobo deb chaqirashadi. Ilgari Nishon tumani “Agrokimyoximiya” bo‘limida hisobchi vazifasida ishlagan. Bultur bahorgi yomg’ir ekin maydonlarini payhon etdi. Bundan  viloyatning Nishon tumani fermerlari eng ko‘p zarar ko‘rdi. Xusniddin hoji ham shular jumlasidandir. 
Mana deyarli 20 yildan beri fermermanu, birinchi marta bunaqasiga guvoh bo‘ldim, — deb gap boshladi nishonlik fermer. Yomg’ir haftalab tinmay yog’di. Dalani xashorat bosib ketdi. Nomi ham allambalo, “bedahanda” emish. Zararkunandalarning ushbu turi O‘zbeksiton qishloq xo‘jaligi uchun yangilik, deyishdi. Bu yoqda bankdan olingan qarzlarni yopish kerak, mo‘ljallab qo‘yilgan oilaviy rejalarimiz bor edi. To‘y-xasham degandek... Xullas, qaerdan najot kutishni bilmay, fermerlar karaxt edi. Ilgari sug‘urta xizmati uchun pul to‘lashga unchalik ishtiyoq yo‘q edi. Chunki, doim rejani ortig’i bilan bajarib, sug’urta qilish uchun mantiq ko‘rmasdim. To‘g‘risi, shu vaqtga qadar sug’urtaga ishim tushmagani tufayli unga vaziyatdan chiqish yo‘li sifatida qaramagan edim. Yo‘q, baraka topishsin. Cho‘zib o‘tirmay, zarar ko‘rganlarga shartta-shartta pul o‘tkazib berishdi. Ko‘nglimiz yorishib, darrov o‘zimizga kelib oldik.
    Toshkentdan odam kelganini eshitib, bir pastda atrofimizni boshqa fermerlar ham qurshab olishdi. Ularning sug’urta va xizmatlar borasidagi fikrlari bilan qiziqdik. 
Fermer xo‘jaligimiz 2000 yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi. Sug’urta bu — bank bilan til biriktirib dehqonni “shilishning” qonuniy usuli deb o‘ylardim, deb suhbatga qo‘shildi A.Hakimov. — Ammo o‘tgan yil “O‘zagrosug‘urta” qariyb 81 million so‘m mablag’ bilan zararni qoplab berdi. Kredit bilan bog’liq muammoar ham o‘z yechimini topdi. Shundan xulosa qildimki, sug’urta bu — bankdan kredit olmoqchi bo‘lganlar uchun kafil, og’ir damda Sizga suyanchiq bo‘larkan. 
Uchrashuv bahonasida nishonlik fermerlarga “O‘zagrosug‘urta” AJning tuman bo‘limi xizmatlari sifatini oshirish uchun qanday takliflari borligi to‘g’risida so‘radik. Bunga doimgidek Xusniddin hoji faollik ko‘rsatib, quyidagilarni ma’lum qildi.
Guvohi bo‘lganingizdek, fermerlarning aksariyati avval turli sohalarda faoliyat ko‘rsatishgan va shuncha yillik tajribasi bo‘lsa-da, qo‘lidagi sug’urta shartnomasini ham o‘qib chiqmagan, hatto. Sug’urta haqida yetarli bilimga ega bo‘lmagan kishidan tayinli taklif chiqishi qiyin. Ammo to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, odamlarni sug’urtaga oid bilimlari kun sayin oshib bormoqda. Buni to‘lovlar soni o‘sayotganidan anglash mumkin. Masalan, menga o‘tgan yilgi zarar uchun 142 million so‘mdan ortiq sug’urta puli to‘landi. Hozir tushundimki, vaqtida ko‘proq sug’urta mukofoti to‘laganimda, yanada ko‘proq sug’urta tovonini olish imkoniyati bo‘lar edi. Dehqonning kun tartibi shundayki, o‘qib-izlanishga ko‘p ham sharoit bo‘lavermaydi. Shuning uchun birdan-bir taklifimiz, shunday ochiq muloqotlar tez-tez tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.  Bu sug’urta tashkiloti bilan hamkorligimizni oshirishga xizmat qiladi.
    Keyingi manzilimiz G‘uzor tumanidagi “Xasan Husan Parmonovich” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Mayin yomg’ir ositida Xusan Alimov bilan dildan suhbatlashdik. Tabiatan kamgap bo‘lsada, sug’urta borasida ancha mulohazali fikrlari bizni lol qoldirdi. Uning ta’kidlashicha, G‘uzorda sug’urtaga talab mavjud, lekin uning rivojlanishi aholi daromadlari bilan bog’liq. Chunki tub aholi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Pishiqchilik davriga qadar odamlarda naqd pul topilmaydi. Shuning uchun, Husan aka bu hududlarda ihtiyoriy sug’urta turlari bo‘yicha mavsumga qarab targ’ibot qilingani ma’qul, deb hisoblaydi. 
“O‘zagrosug‘urta” xizmatlar ko‘lamini kengaytirish qulay sharoitga ega, deya fikrini davom etdi “Xasan Husan Parmonovich” fermer xo‘jaligi rahbari Xusan Alimov. — Shu sohada 2004 yildan beri ishlayman. Avvvalgi yil 20 gektar yerga paxta ekib, atigi 12 tonna hosil topshirildi. Reja 40 tonna edi. Shukurki, ekindan ko‘rilgan barcha zararni sug’urta qoplab berdi. Buning uchun kompaniya rahbaridan minnatdorman. Boshimga tushgan tashvishdan xulosa shuki, fermerni sug‘urtachiday do‘sti bo‘lmaydi. Chunki, sug’urtalovchi yig’ilgan sug‘urta mukofoti o‘zida qolishi uchun Sizni onadek yurakdan duo qiladi. Bunday noxush kun hech kimning boshiga tushmasin. Inshaalloh, bu yil hosil yaxshi bo‘ladi, deb Xusan aka yam-yashil bo‘lib unib chiqqan bug‘doyzorga nigohimizni qaratgancha suhbatga yakun yasadi.
   Darhaqiqat, o‘tgan yilgi tinimsiz yoqqan yomg‘ir viloyat miqyosida jami 1800 ta mirishkor dehqon va fermer xo‘jaliklarini hosildan mosuvo qildi. Bu bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta” AJ Qashqadaryo filiali tomonidan fermerlarimizga 17 milliard so‘mdan ortiq sug’urta qoplamalari to‘landi. 
    Eslatib o‘tamiz, Axborot xizmati respublika bo‘ylab o‘z safarlarini davom ettiradi. Bu galgi uchrashuvlar Surxondaryo viloyatida bo‘ladi. 
“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
587

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
539