Sayt beta-versiyada.

Viloyatning “Zarafshon” gazetasi muxbiri Akram Bo‘riyev shu haqda maqola chop etdi. Quyida ushu maqolani to’liqligicha e’tiboringizga havola etamiz:

Avtomobilingizni sug‘urta qildingizmi?

Kun sayin shahrimizda avtomobillar ko’payib, ko‘chalarda transport vositalarining harakati ancha tig’izlashmoqda. Ming afsuski, shu bilan bir qatorda yo’l harakati hodisalarining soni ham ortib bormoqda. Bunday holatlarda avtoulovga yetkazilgan zararni qoplash oson emas. Xo’sh, odamlar salbiy oqibatlarini ortiqcha chiqimsiz bartaraf etish uchun nima qilishmoqda?

— Narpay tumanining Sohibkor mahallasida yashayman, — deydi o’zini Otaqul Jumaev deb tanishtirgan kishi. — «Neksiya»yamni “O‘zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyatining Kattaqo’rg’on shahar bo’linmasiga 40 ming so’m to’lab, sug’urta qilgan edim. O’tgan yil yozda ehtiyotsizlik tufayli “Damas” rusumli avtomobilь bilan yo’l transport hodisasi sodir bo’ldi. Hech kimga zarar yetmadi-yu, mashina ancha ta’mirtalab bo’lib qoldi. Sug’urta kompaniyasiga murojaat qildim. Mutaxassislar, shuningdek, sud ekspertizasi xodimlari holatni o’rganib, menga 14 million so’m sug’urta tovoni to’lab berishdi.

Pastdarg’om tumani Go‘zalkent shaharchasida yashovchi Vohidjon Jo’raqulovga ko’ra, mol-mulk, hayot yoki biznesni turli xavf-xatarlardan sug’urta qilish hotirjamlik va kelajakdagi rejalarni amalga oshirishda ishonch beradi. — Tadbirkorlik maqsadida bankdan kredit olish uchun avtomashinamni garovga qo’yib, “O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyatida ihtiyoriy sug’urta qilgan edim. Buning uchun bo’linmaga bir million so’mdan ko’proq to’ladim.  Falokat  oyoq ostida, deganlari rost ekan. 2019 yilning 30 iyulь kuni mashina yo’l chetidagi beton bordyurga urildi, oqibatda mashina ag’darilib ketdi. Shukurki, hech kimga jarohat yetmadi. Shu bilan birga “Damas” ni ta’mirlash imkoni paydo bo’ldi. Sug’urta kompaniyasiga zarur hujjatlar bilan murojaat qildim. Ko‘p o’tmay, ular tomonidan 37 million 55 ming so’mlik kompensatsiya to’lovi to’lab berildi va shu orqali moddiy zararni qoplab, mashinamni tiklab oldim.

— Bunday holatda avtomashinani sug’urtalash muammoning eng ma’qul yechimidir, — deydi “O‘zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati Samarqand filiali boshqaruvchisi o’rinbosari Jahongir Abdusaidov. — Ya’ni, avtomobillarni sug’urtalash, bu avtotransport vositasining shikastlanishi, nobud bo’lishi va o’g’irlanishi oqibatida yuzaga kelgan zararlarni qoplash uchun uning egasiga sug’urta tovoni to’lanishidir. Rosti, bu masala inson hayoti, katta miqdordagi mulki bilan bog’liq holat. Shuning uchun dunyoning aksariyat mamlakatlarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urta qilinadi va bu huquqiy me’yorlar bilan tartibga solingan. Bizda ham bu masalaga qonuniy tartib kiritilgan. Ya’ni, “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun bilan mustahkamlangan. Ushbu qonun ijrosini ta’minlash maqsadida birgina 2019 yil davomida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish turi bo‘yicha 65 ming mijozdan 3 milliard 136 million so’m sug’urta mukofoti yig’ildi. Ariza bergan mijozlarning 67 nafariga 246 million 323 ming so’m sug‘urta tovoni to’lab berildi.

Fuqarolar, sug‘urta kompaniyasi mijozlari bilan suhbatlashib, angladikki yo’lda harakatlanayotganda ehtiyotsizlik, avtomobilning buzuqligi, sifatsiz yo’llar, noqulay ob-havo, haydovchining tajribasizligi falokat sabablaridir. Falokat esa nafaqat kishilar salomatligiga, balki ularning transport vositalariga ham zarar yetkazadi. Shu sababli ham sug’urtalangan bo’lish nihoyatda muhim. Sug’urta kompaniyalari esa bunday vaziyatlarda Sizga yordam beradi. Buni unutmang!

  • “Ozagrosugurta” AJ
  • Axborot xizmati

 

 

 

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538