Sayt beta-versiyada.

“O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh kadrlar salohiyatini yanada oshirish yuzasidan sohada olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Mamlakatimizda o‘tgan 3 yil davomida yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlashga doir tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunga birgina misol, Davlatimiz rahbari tomonidan 2016 yil 14 sentyabrda imzolangan birinchi qonun «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida» ekanligidir. Prezidentimiz «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida yoshlar masalasiga oid kamchiliklarni ta’kidlab, ularni yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgandi. Xususan, ushbu tashkilotga «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi» nomi berilib, respublikamizda 30 iyun – Yoshlar kuni etib belgilandi.

Shu bilan birga, 2018 yil 27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Farmonga muvofiq, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, band bo’lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar hamda biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2019 yilning 27  dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakat yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda 5 ta tashabbus va boshqa yoshlarga oid muhim vazifalarni bajarish lozimligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari  tomonidan 24 yanvar kuni Murojaatnomada «Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko’tarish maqsadida 2020 yilga «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili», deb nom berildi. Bu 2020 yilda asosiy urg‘u yoshlar masalasi berilishidan dalolatdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlangan ustuvor vazifalarga mos ravishda “O‘zagrosug‘urta” AJ o‘z tizimida yosh kadrlarni ko’paytirish, ularning kasbiy salohiyati va malakasini oshirish, shuningdek sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning oilaviy holatini tahlil etish, ularga moddiy-ma’naviy ko‘maklashish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.

Xususan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkolikda 2020 yilga mo’ljallangan chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilib, bu borada izchil ishlar olib borilmoqda. Dastur 16 banddan iborat bo’lib, tizimda samarali mehnat qilayotgan o’rta va o’rta maxsus ta’lim mutaxassisligidagi xodimlarni oliy ta’lim muassasalaridagi «Sug’urta ishi», AKT hamda menejment ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish, yosh xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tahsil olish uchun tavsiya etish, xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish maqsadida yosh va umidli kadrlarni xorijga malaka oshirishga yuborish, yoshlarimiz o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, shuningdek, tizimidagi xodimlar va yoshlar o’rtasida sportni targ’ib qilish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida sportning mini-futbol hamda boshqa turlari bilan muntazam ravishda shug’ullanishi hamda tuzilmalar o’rtasida musobaqalar o’tkazish va boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning mart oyida 10 nafar xodimni chet elda malaka oshirish uchun yuborish rejalashtirilmoqda. Jamiyat Boshqaruvi xodimlari haftaning har chorshanba kuni sportning mini-futbol hamda 3 marotaba bodibilding bilan muntazam shug’ullanishmoqda.

Muloqot chog’ida Boshqaruv raisi yoshlarni qo’llab-quvvatlashda quyidagi:

1.  Jamiyat Boshqaruvining hududiy filial boshqaruvchilari tomonidan haftaning bir kunini sport kuni etib belgilash;

Shu bilan bir qatorda, Jamiyatimizda yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan:

2. Har chorakda bir marotaba ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan teatr tomoshalariga kirish;

3. Kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida, Boshqaruv va filiallar binolarida «Kitob javoni»ni tashkil etish;

4. «Yoshlar kuni» munosabati bilan joriy yil 30 iyunda tizimdagi yoshlar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazish;

5. Mamlakat ichki turizmini rivojlantirish bo’yicha «O‘zbekiston bo’ylab sayohat qil!» loyihasini amalga oshirish;

6. Yosh xodimlarini rahbarlikka tayyorlash, nutq madaniyatini shakllantirish, huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida treninglar o’tkazish;

7. Chet tillari bo’yicha o’quv-kurslarini tashkil etishni hamda Davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan «O‘zagrosug’urta» AJ tizimidagi yoshlarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash takliflari ilgari surildi. Ushbu takliflar ijrosisi yuzasidan mas’ullar ham belgilandi.

Jamiyat raisi intiluvchan yoshlarni har doim qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. Shu ma’noda, bugungi kunda kompaniyaning rag’barlik lavozimida 22 nafar yosh kadrlar faoliyat  ko’rsatayotganligi alohida tilga olindi.

Soha xodimlari orasida ham yoshlar soni kundan-kun oshib bormoqda. Ayni paytda “O‘zagrosug’urta” AJ tizimida jami 1 ming 322 nafar xodim xizmat qilib kelayotgan bo’lsa, shundan 268 nafari yoshlarni tashkil etadi.

“O‘zagrosug’urta” AJ Boshqaruvi raisi uchrashuv so’nggida yoshlarga zamonaviy bilim va taraqqiyot cho’qqilarini egallab, o‘z ma’naviyati va tafakkuri bilan barchaga ibrat va namuna bo‘lishlarida ulkan muvaffaqqiyatlar tiladi.

  • “Ozagrosugurta” AJ
  • Axborot xizmati

 

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
524

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
461