- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
Sug‘urtachilar uchun — yangi soliq kodеksi saboqlari

Seminar
Joriy yilning 13-fevral kuni “O‘zagrosug’urta” AJ Samarqand viloyati filialida “O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” 599-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirdagi soliq kodeksi qabul qilingani munosabati bilan “Soliq kodeksidagi asosiy o‘zgarishlar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasining soliq solish bo‘yicha maslahat bo’limi bosh inspektorlari V.Temirov va O.Nasimov hamda “O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari, tuman-shahar bo’linma menejerlari ishtirok etishdi. Unda soliq qonunchiligi, xususan, yangi kodeksining mazmun-mohiyati, kiritilgan asosiy o’zgarishlar, soliq stavkalari va sohaga oid yangiliklar haqida atroflicha axborot berildi.
Shundan so’ng, sug’urta menejerlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Seminar ishchan va mazmunan boy o’tganligi bilan ishtirokchilarga iliq ta’surot qoldirdi.
- “O‘zagrosug‘urta” AJ
- Axborot xizmati