Sayt beta-versiyada.

     “O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyatida 2019 yil yakunlari va 2020 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

    Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvarь kuni Parlamentga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati jihatidan O’zbekiston Respublikasidagi barcha yo’nalish va sohalarda islohotlarni amalga oshirish, xorijiy ilg’or tajribalarni o’rganish borasida Jamiyatni faollikka chaqiradi. Murojaatnoma to’la ma’noda faoliyatimizni tubdan o’zgartirishga sabab bo’la oladigan qo’llanma bo’ldi, deb aytish mumkin.

        O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Shiddat bilan rivojlanayotgan davrda zamon bilan hamnafas bo’lish uchun doimiy izlanish, yangilikga intilish va innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlash muhim ahamitga ega. Bu avvalam bor, iqtisodiyotimizni yangi asoslarda taraqqiy ettirish, uning barcha sohalariga axborot texnologiyalarini joriy etish va shu asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni taqoza etadi. 

    Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, xususan, O’zbekiston Respublikasini Harakatlar Strategiyasi doirasida iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalar tubdan isloh etilmoqda. 

       Mana shu islohotlarga mos ravishda, 2019 yil davomida “O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik Jamiyati faoliyati tubdan isloh etilmoqda. Jumladan, tashkilotni yanada rivojlantirish bo’yicha Aktsiyadorlar va Kuzatuv Kengashining qarorlari qabul qilindi. Xususan, sug’urta xizmatlari sifatini oshirish va yangi turlarini rivojlantirishda, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va aholini samarali sug’urtaviy himoyalashda qulay sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari, “O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik Jamiyati moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo’yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.

    Jamiyatda 2019 yil hisobot davrida sug’urta faoliyatini kengaytirish, sug’urta portfeli tarkibini yaxshilash, majburiy sug’urta turlarini ommaviy tarzda tashkil etish va yangi ish o’rinlarini yaratish dasturi doirasida ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirildi. Respublika sug’urta bozorida Jamiyat mavqei bir qadar mustahkamlanishiga erishildi. 

    2019 yil davomida sug’urta bozorida jami ta’minlangan sug’urta mukofotlarining sal kam 15 foizi, to’langan sug’urta tovonlarining 36 foizi “O’zagrosug’urta” AJ ulushiga to’g’ri kelganligini fikrimizga misol bo’ladi.

    Biznes-rejaga asosan, 2019 yilda kompaniya tomonidan yig’iladigan sug’urta mukofotlari miqdorini 214 milliard so’mga yetkazish vazifa etib belgilangandi. Yil yakuniga kelib, sug’urta mukofotlari 252,6 milliard so’mni tashkil etdi. Bu reja ko’rsatkichi 118 foiz yoki 38,6 millliard so’m ortig’i bilan bajarilganini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich bo’yicha o’tgan yilga nisbatan 74,1 milliard so’m yoki 141,5 foiz o’sishga erishildi.

    O’tgan yil davomida ta’minlangan sug’urta mukofotlarini uch qismga ajratish mumkin.  Xususan, aholi sug’urtasiga 62,1 milliard so’m, qishloq xo’jalik sohasi sug’urtasiga 93,1 milliard so’m va boshqa sug’urta turlariga (97,4 milliard so’mi) to’g’ri keladi. Shundan qariyb 23 foizi majburiy sug’urta hisobiga ta’minlangan.

   Yig’ilishda ta’kidlab o’tilganidek, hozirgi kunda “O’zagrosug’urta” AJ respublika sug’urta bozorida o’zining nufuzli o’rniga ega bo’lib, 130 dan ortiq sug’urta turlari bo’yicha 140 ta hududiy bo’linma, 14 ta filial hamda 62 ta sug’urta markazlari aholiga xizmat ko’rsatib kelmokda.

    Jamiyat tomonidan 2019 yilda qariyb uch million sug’urta shartnomalari tuzildi, bu respublika sug’urta bozorida rasmiylashtirilgan shartnomalarning qariyb 38 foizi demakdir.

    Kompaniya tomonidan o’tgan yil davomida 97 milliard so’mdan ortiq sug’urta tovoni to’lab berildi. Shundan 70,2% qishloq xo’jaligi sug’urtasiga to’g’ri keldi. 

    Yig’ilishda ta’kidlab o’tilganidek, Murojaatnomaga hammohang ravishda “O’zagrosug’urta” AJ tizimida axborot texnologiyalarni rivojlantirish, aholimizga, birinchi navbatda, yoshlarga, tadbirokor va fermerlarimizga elektron xizmat ko’rsatish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Misol uchun, 2020 yilda Jamiyat oldida turgan muhim vazifalar qatoriga sug’urta xizmatlarini elektron asosda amalga oshirish, barcha hisobotlarni qog’oz shaklidan voz kechib, ularni elektron dastur asosida shakllantirish va umumlashtirish, xalqaro standartlar asosida buxgalteriya va moliya hisobotlariga o’tish masalalari shular jumlasidandir.

     Bundan tashqari, Jamiyat tizimida faoliyat ko’rsatayotgan yosh mutaxassislarni chet ellarda o’qitish va malakasini oshirish 2020 yilgi ustuvor vazifa etib belgilandi.  

  • “O’zagrosug’urta” AJ
  • Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
524

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
461