Sayt beta-versiyada.

MUROJAATNOMA—2020

    Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvarь kuni Parlamentga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati jihatidan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha yo‘nalish va sohalarda yangicha islohotlarni amalga oshirish, xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish borasida  jamiyatni faollikka chaqiradi. Murojaatnoma to‘la ma’noda faoliyatimizni tubdan o‘zgartirishga sabab bo‘la oladigan qo‘llanma bo‘ldi, deb aytish mumkin.

    2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi. Bu ham yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi bo‘lib, aholi turmush farovonligini oshirish orqali O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritishdan iborat. Chunki, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish — korruptsiya yo‘lini to‘sish demakdir.

    Biz sug‘urta sohasi vakillari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zimizning asosiy faoliyatimizdan kelib chiqib, qator vazifalarni amalga oshirishimiz lozim. Jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmi va sifatini oshirish, yangi zamon talabiga mos sug‘urta turlarini ishlab chiqish va mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar jarayonida vujudga keladigan tavakkalchiliklarning sug‘urtaviy himoyasini ta’minlash lozim.

    Bunda bank sohasi bilan o‘zaro hamkorlik “bank-sug‘urta”, ya’ni bank tavakkalchiliklarini sug‘urtalash tizimini yanada rivojlantirish,  raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xatarlaridan sug‘urtalash mexanizmini yaratish talab etiladi.

    Shuningdek, sanoat tarmoqlarini xom-ashyo va infratuzilma bilan ta’minlash jarayonida korxonalar mol-mulki hamda boshqa moliyaviy tavakkalchiliklarni sug‘urtalash xizmatlarini taklif qilish maqsadga muvofiqdir.

    Kompaniyamizning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasida klasterlar manfaatlarini himoya qiluvchi kompleks sug‘urta mahsulotlar ishlab chiqish, xususan, meva sabzavotchilik, ipakchilik, asalarichilik va baliqchilikka mos sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish shular jumlasidandir.

    Shuni unutmalik lozimki, belgilangan islohotlarni malakali mutaxassislarsiz amalga oshirish deyarli imkonsiz. Shu ma’noda, kadrlar tayyorlashda yaqin xorijiy mamlakatlar, respublikadagi mavjud oliy o‘quv yurtlari yoki sug‘urta bo‘yicha tashkil etilgan qayta o‘qitish kurslarini tashkil etish maqsad sari qo‘yilgan odim qadam hisolanadi.

    Umuman, hududlarda ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari ko‘lamini kengaytirish borasida sug‘urta agentlari sonini oshirish, aholining sug‘urtaviy himosini ta’minlash bo‘yichajoylardagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va pochta bo‘linmalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish jamiyatda sug‘urta madaniyati taraqqiy etishiga olib keladi.

    Xulosa qilib aytganda, Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda, eng avvalo, o‘zimizning ish faoliyatimizni tubdan o‘zgartirishimiz, mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan islohotlar jarayoniga befarq emas,  aksincha, faol ishtirokchisiga aylanmog‘imiz darkor.

  • Sug‘urta da’volari departamenti
  • 1-toifali mutaxassisi
  • F.M.Xamidov

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
749

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
588

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1556

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
586

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
542