Sayt beta-versiyada.

MUROJAATNOMA—2020

Yangi Parlament, yangi hukumat, yangi soliq qonunchiligi, yangi agentlik, yangi jamg‘arma va boshqa yangiliklar Murojaatnomada aks etdi. Mazkur dasturiy ma’ruza mamlaktimizning yaqin 5 yillikdagi ustuvor vazifalari, rivojlanish strategiyasini o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 2020 yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi.

 Davlatimiz rahbari o‘z murojaatida O‘zbekiston Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o’rinni egallagi va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy olganimizga urg‘u berdilar.

Bilamizki, Buyuk Britaniyaning “Ekonomist” jurnali 2019 yilda O‘zbekistonni “Yil mamlakati” deb e’lon qildi. Ushbu so‘rovnoma g‘olibi qaysi mezonlarga asosan tanlanganligi nashrning rasmiy veb-saytida izohlandi. Unga ko‘ra, so‘nggi uch yilda so‘z va matbuot  erkinligiga oid siljishlar, majburiy va bolalar mehnatidan voz kechilganligi, umuman inson huquqlarini ta’minlash borasida bu yil eng uzoq masofani bosib o‘tgan mamlakat sifatida ta’kidlanadi. Bunga misol qilib, Jasliq qamoqxonasining yopilishini keltirish mumkin. Shuningdek, O‘zbekistonning mintaqada qo‘shnichilik munosabatlarini tiklashda ko’rsatgan siyosiy irodasi, yaqinda o‘tkazilgan Parlament saylovlarining demokradik va shaffof tashkil etilganligi, muhimi amaldagi partiyalar respublika Prezidentining islohotlariga hayrixohligi O‘zbekistonning asosiy yutug’i sifatida keltirilgan edi.

Murojaatnomada ta’kidlangan masalalardan shuni anglash mumkinki, islohotlarning pirovard maqsadi inson kapitalini rivojlantirish uchun sarmoya kiritishdir. Ma’lumki, xalqaro inson kapitali indeksi 5 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Tug‘ruqning dastlabki oylarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat, maktabgacha ta’lim, sifatli maktab ta’limi, jamiyatdagi tinchlik-osoyishtalik hukm surishi va kuchli ijtimoiy himoya (mehnatga yarasha haq to’lash, aholi daromadlarini oshirish) hisoblanadi.

Mana shu talablarga mos ravishda o‘tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 52 foizga ko‘tarilgani alohida qayd etildi. Sog‘liqni saqlash sohasida davolash faoliyati turlari 50 tadan 126 taga ko‘paytirilib, qator imtiyozlar berilgani tufayli o‘tgan yili 634 ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘z nutqida Korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo’lsa, “halollik vaktsinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korruptsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga otishimiz kerak”, deb ta’kidladilar. Bunda 2020 yilga berilgan nomning har ikki qismiga ham tegishli. Ya’ni ko‘rsatilayotgan xizmatlarda inson omilini kamaytirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish va elektron axborot almashish hamda hisob yuritishning joriy etilishi uzoq yillik boshimizga balo bo‘lib kelayotgan — korruptsiyadan qutulish uchun zamin yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni raqamlashtirish oson ish emas. Bu vazifalarni amalga oshirishda korruptsiyadan holi jamiyat va ilmli kadrlarni ko‘paytirish talab etiladi. Bunda har bir soha vakili O‘zbekiston taraqqiyoti uchun daxldorligini o‘zida xis etib, yangicha fikrlash, dunyoqarashini o‘zgartirishi va boqimandalik kayfiyatidan ruhan xolos bo‘lishi darkor. Zero, mo‘’jiza sodir bo’lmaydi, u yaratiladi. Bunga Singapur, Janubiy Koreya, Isroil va Yaponiya tajribasi yaqqol misol bo’ladi.

  • B.Axadov
  • Boshqaruv raisi  o‘rinbosari

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
686

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
567

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1412

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
563

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
510