Sayt beta-versiyada.

MUROJAATNOMA—2020

    Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni Parlamentga murojaatnomasida respublikada o’tgan yil davomida bajarilgan ishlar, joriy va kelgusi o’n yilliklarga rejalashtirayotgan ishlar haqida har bir soha vakillariga  alohida-alohida to’xtalib o’tildi. O’zbekistonning ichki va tashqi siyosati uchun asosiy vazifalar bayon etilib, mavjud muammolar va dolzarb qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.

    Murojaatnomada aholining turmush darajasini oshirish, rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish va ular bilan tenglashish borasida bir qancha bosqichlardan o’tishimiz kerakligi ta’kidlandi. Bu ishlarda har birimiz ma’suliyatni his qilib, o’z ustimizda ko’proq ishlashimiz zarurligi xaqida chuqur anglab yetdim.

    Eng asosiysi, 2020 yilning “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Bu mamlakatimizda ilm fanni yanada ravnaq toptirish, yosh avlodni chuqur bilimli, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va yanada zamonaviylashtirish tushuniladi.

    Sug’urtachi sifatida ushbu murojaatnomani o’qib, oldimga bir qancha vazifalarni belgilab oldim.  Bunda sug’urta sohsini rivojlangan davlatlar qatoriga olib  chiqish uchun ko’proq ishlash, aholining sug’urta madaniyatini rivolantirish,  targ’ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish shular jumlasidandir. Shuningdek, xorijiy amaliyotni chuqur o’rganib, uni qo’llash bo’yicha taklif va tavsiyalar kiritishimiz kerakligini his qildim. Xizmat ko’rsatishda aholi ehtiyoj sezadigan sug’urta turlarini ishlab chiqish, ularga qulayliklar yaratish maqsadida onlayn polislar sotish tizimini joriy etish va boshqa yangiliklar yaratishimiz zarur. Eksport sug’urtasini rivojlantirish va eksportyorlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha amaliy takliflarni ilgari surish lozim.

    Prezidentimiz ta’kidladiki, turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog’iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa bo’lib qoladi va Hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri – joriy yilda yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazishdan iborat. Ma’lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020 yilda O’zbekistonni sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Biz bunday imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak.

    Katta salohiyatga ega bo’lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish zarur. Bu borada sug’urta sohasida xam bir qancha ishlarni amalga oshirish mumkin. Turistlar bo’yicha yangi sug’urta turlarini ishlab chiqish kerak.  Bunda tibbiy sug’urtadan tortib, toki ularning mol-mulkiga yetadigan zararni qoplaydigan yangicha inovatsion sug’urta turlarini joriy qilish va aktsiyalar o’tkazib keng targ’ibot qilish kerak deb o’ylayman.

    Davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-Qarorida sug’urta sohasini rivojlantirish bo’yicha belgilab berilgan topshiriqlarini bajarishda yelkamizda ulakan ma’suliyat turganini va biz bu ishlarni amalga oshirish uchun ko’proq harakat qilishimiz kerakligini anglamoq lozim. 

    Bizning kelajagimiz yoshlar qo’lida, deb ishongan Prezidentimizga javoban — bu borada “O’zagrosug’urta” AJ va moliya institutining sug’urta  fakulьteti talabalari bilan hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yishni, xususan ulardan yangi inovatsion g’oyalar muallifi aktsiyalari g’olibi sifatida muntazam taqdirlab borishni taklif qilgan bo’lardim. Bunday ezgu ishlarda, ya’ni kelajak avlodning bilim va malakasini oshirishda bizning kompaniya ham faol bo’lishiga tilakdoshman.

    Bunda biz xodimlar sabr-qanoatli bo’lib, ulug’ maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, marrani zabt etimiz kerak.

    Bir tanu jon bo’lib harakat qilsak, halol-pok va ezgu niyat bilan mehnat qilsak, har qanday qiyinchiliklarni yengishga qodirmiz va men bunga ishonaman.

  • SH.Xolmatova
  • Korporativ mijozlar bilan ishlash bo’limi 
  • Bosh mutaxassisi

 

 

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
524

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
521

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
461