Sayt beta-versiyada.

MUROJAATNOMA—2020

    O‘zbekistonda 2016-2020 yillar davomida barcha sohalarni qamrab olgan holda tub islohotlar amalga oshirilib izchil davom ettirilmoqda. Birgina misol, har yili an’anaga aylanib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnoma yo‘llashidir. Bu orqali, Davlat rahbari xalq noiblari bo‘lgan senator va deputatlarga mamlakatimizni yanada taraqqiy topishi yo‘lida qanday ishlarni amalga oshirish lozimligi hamda xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan murojaat yo‘llamoqda.

    Joriy yilning 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi har safargidanda tarixiy ahamiyat kasb etdi desak aslo mubolag’a bo‘lmaydi. Ahamiyatli tarafi shundan iboratki, Parlament va Hukumat a’zolari saylangandan keyin ilk marotaba Murojaatnoma o‘tkazilishi.

    Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratamiz, 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinadi, Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar 2 baravarga qisqaradi, OTMlarda davlat grantiga qabul 2 baravarga oshadi, qizlarga alohida grant ajratiladi, ayrim OTMlarda o‘qish muddati 3 yil bo‘ladi, 10 ta OTM o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tadi, 12 mingta muassasa tezkor Internetga ulanadi, davlat ulishiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi, ziyorat va tibbiyot tizimi jadal rivojlantiriladi, paxta va g’alla yetishtirishga davlat buyurtmasi bekor qilinadi, kam ta’minlanganlarga uy-joy olish uchun 1 trln. so‘m subsidiya ajratiladi, Parlament va Prezidentga hisob beradigan, korruptsiyaga qarshi kurashishga mas’ul alohida organ tashkil etiladi, hokimlar vakolatlari qayta ko‘rib chiqiladi, ularga xos bo‘lmagan, bir-birini takrorlaydigan funktsiyalar tegishli organlarga o‘tkaziladi, shu bilan birga 5 ta Kodekslar qayta ko‘rib chiqiladi, 5 ta Kontseptsiya, 5 ta Dasturlar va 4 ta Strategiya ishlab chiqilib, qabul qilinishi barcha soha vakillarining oldida qanchalik muhim vazifalar turganligini anglatadi.

    Shu bilan bir qatorda, aytish joiz, Prezidentimiz Murojaatnomada sug’urta bozorini rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni belgilab berganliklari diqqatga sazovor. Dastlab, 2019 yil 10 iyulda mazkur sohani jadal rivojlantirishga qaratilgan yig’ilish bo‘lib o‘tdi, so‘ngra 2019 yil 2 avgustda PQ-4412-sonli Prezident qarori bilan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlab olindi, uning ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul qilinganligi e’tiborga molik.

    Tarixga nazar tashlasak, sug’urta sohasini rivojlantirishga bu qadar e’tibor qaratilmagan edi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida O‘zbekistonda Eksport-kredit agentligi tashkil etilishi, eksport va eksportoldi jarayonlarni moliyalashtirish bilan shug’ullanishi, shuningdek, eksport qilishda zamonaviy sug’urta xizmatlari joriy qilinib, avtomobil va havo transporti xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplab berish mexanizmi yaratilishini ta’kidladilar. Shuningdek, sog’liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni tubdan isloh qilish maqsadida bu yil majburiy tibbiy sug’urtaga oid qonunlarni qabul qilish va ularni amalga oshirish bo‘yicha barcha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozimligini, ushbu tizimni joriy yilda Sirdaryo viloyatida tajriba sifatida qo‘llash boshlanishini qayd etdilar. Bundan tashqari, yangi “Ijtimoiy sug’urta to‘g’risida”gi hamda majburiy tibbiy sug’urtaga oid Qonunlar ishlab chiqish vazifalari qo‘yildi.

    Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadi-ki, rivojlangan 33 ta davlatdan 32 tasida umumiy majburiy tibbiy sug’urta tizimi joriy qilingan bo‘lib, ular 3 turdagi majburiy tibbiy sug’urtadan birini qo‘llashadi. Xususan 6 ta davlatda majburiy sug’urta polisi (insurance mandate) sotib olinadi. Mazkur tizim barcha fuqarolardan ish beruvchi orqali yoki davlatdan majburiy tibbiy sug’urta sotib olishni nazarda tutadi (Germaniyada kuzatiladi). Shu bilan birga, 9 ta davlatda, Frantsiya misolida ikki pog’onali tizim (davlat byudjeti va xususiy sug’urta kompaniyalari) joriy etilgan bo‘lib, bu tizimda davlat eng asosiy tibbiy xizmatlar uchun fuqarolardan soliq undiradi va bu tibbiy xizmatlarni bepul ta’minlab beradi. Fuqarolar qo‘shimcha tibbiy xizmatlar uchun o‘zlari mustaqil to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

    Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu tizimni joriy qilishdan oldin tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi butun respublika bo‘ylab bir xil bo‘lishi kerak. Poytaxt fuqarosi bilan chekka qishloq aholisiga teng darajada tibbiy xizmat ko‘rsatilishi lozim. Bunga birdan erishib bo‘lmaydi va ma’lum vaqt talab qiladi. Rivojlangan davlatlarda ham majburiy tibbiy sug’urtani joriy etish uchun 20-30 yillab vaqt ketgan. O‘zbekiston sharoitida yaqin yillar ichida tizim yolga qo‘yiladigan bo‘lsa, fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini to‘laqonli amalga oshirish imkonini beradi. Sodda qilib aytganda, fuqaro sog’lig’i yomonlashib qolgan hollarda tibbiy xizmatlar uchun birdaniga katta miqdordagi mablag’ni to‘lay olmaslik xavfini oldini olish uchun majburiy tibbiy sug’urtadan foydalaniladi albatta, boshida kamchiliklardan holi bo‘lmaydi. Lekin muhim jihati shuki, majburiy tibbiy sug’urta tibbiyot rivoji yo‘lida qo‘yilgan eng dadil qadam bo‘lib qoladi.

    Shu nuqtai nazardan, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab bergan vazifalari barchamiz uchun dasturil amal bo‘lmog’i darkor.

  • Doniyorbek ERKINJONOV,
  • “O‘zagrosug’urta” AJ Boshqaruvining mas’ul xodimi

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
524

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
461